HAYIT

HAYIT (arab. iyd — bayram) — musulmonlarning diniy bayrami. Islom anʼanasida ikkita Hayit rasman diniy bayram sifatida nishonlanadi: katta Hayit yoki qurbon Hayiti (arab. iyd al-kabir, iyd al-adho) va kichik Hayit yoki roʻza H. i (arab. iyd as-sagʻir, iyd al-fitr). Qur-bon Hayiti haj marosimi va qurbonlik qilish b-n, roʻza Hayiti esa ramazon oyi nihoyasida ogʻiz ochish bilan bogʻliq. Qur-bon Hayiti hijriy zu-l-hijja oyining 10-kunida, roʻza Hayiti esa shavvol oyining 1-kunida bayram qilinadi. Hayitda masjidda ertalab Hayit namozi oʻqish, roʻza H. ida fitr-sadaqa berish (H. namozidan oldin), qurbon H. ida esa qurbonlik qilish va sh. k. islom bilan bogʻliq marosimlar yuzaga kelgan. Hayit dagi bu marosimlarga koʻp joylarda xalqlarning mahalliy odatlari — arafa kuni osh ulashish, yangi kiyim kiyish, «hayitlik» berish, sayil qilish, yaqin odamlarini koʻrish va h. k. ham qoʻshilib ketgan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, qurbon H. i ham, roʻza H. i ham umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan boʻldi.


Lotin alifbosida maqola: HAYIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Oybek Xolmedov - Mohi Ramazon
Abdulaziz Qori, Doston Ubaydullaev, Sardor Rahimxon - Bayram Ramazon (Ramazon tuhfasi)
Shohjahon Jo'raev - Ramazon, xush kelding
Nodir Xolboyev - Ramazon
Sherzod Ergashev - Ramazon muborak


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты