HAYIT (arab. iyd — bayram) — musulmonlarning diniy bayrami. Islom anʼanasida ikkita Hayit rasman diniy bayram sifatida nishonlanadi: katta Hayit yoki qurbon Hayiti (arab. iyd al-kabir, iyd al-adho) va kichik Hayit yoki roʻza H. i (arab. iyd as-sagʻir, iyd al-fitr). Qur-bon Hayiti haj marosimi va qurbonlik qilish b-n, roʻza Hayiti esa ramazon oyi nihoyasida ogʻiz ochish bilan bogʻliq. Qur-bon Hayiti hijriy zu-l-hijja oyining 10-kunida, roʻza Hayiti esa shavvol oyining 1-kunida bayram qilinadi. Hayitda masjidda ertalab Hayit namozi oʻqish, roʻza H. ida fitr-sadaqa berish (H. namozidan oldin), qurbon H. ida esa qurbonlik qilish va sh. k. islom bilan bogʻliq marosimlar yuzaga kelgan. Hayit dagi bu marosimlarga koʻp joylarda xalqlarning mahalliy odatlari — arafa kuni osh ulashish, yangi kiyim kiyish, «hayitlik» berish, sayil qilish, yaqin odamlarini koʻrish va h. k. ham qoʻshilib ketgan.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, qurbon H. i ham, roʻza H. i ham umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan boʻldi.