DOʻSTLIK TUMANI

DOʻSTLIK TUMANI — Jizzax viloyatidagi tuman. 1970-y. 16 okt. da tashkil etilgan. Doʻstlik tumani viloyatning Zafarobod, Mirzachoʻl, Paxtakor, Forish tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 0,45 ming km2. Aholisi 48,9 ming kishi (2000). Doʻstlik tumanida 1 shahar (Doʻstlik) va 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Bogʻzor, Bunyodkor, Istiqlol, Mevazor, Navroʻz, Saritepa, Yangiobod, Qahramon) bor. Markazi — Doʻstlik sh.

Tabiati. Doʻstlik tumani yer yuzasi asosan tekislik, qisman qir va adirlardan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha t-rasi 28—30°, yanv. niki —2° dan —4° gacha. Vegetatsiya davri 220—230 kun. D. t. ni Jan. Mirzachoʻl kanalining chap tarmoqlari kesib oʻtgan. Tuprogʻi unumdor boʻz tuproq. Baʼzi yerlarni shoʻr bosgan. Tuproqning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari koʻrilmoqda. Yovvoyi oʻsimliklardan kovrak, oqkuray, yantoq, tuyaqorin, qamish va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, ilon, toshbaqa, kaltakesak va h. k. yashaydi.

Aholisi — asosan oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 108 kishi. Shaharliklar 16 ming kishi, qishloq axolisi 32,9 ming kishi.

Xoʻjaligi. Doʻstlik tumanida oʻndan ortiq shirkat xoʻjaligi boʻlib, asosan paxta, gʻalla, mevasabzavot, goʻsht, sut yetishtiriladi. Sugʻoriladigan yer mayd. 32,6 ming ga, shundan 17 ming ga yerga paxta, 12 ming ga yerga gʻalla ekiladi. Tumanda 350 dan ziyod dehqon fermer xoʻjaligi, 80 dan ortiq firma va kichik korxona, 2 qoʻshma korxona, oʻsimlik moyi ishlab chiqaruvchi «El», «Erk», «Hyp» firmalari, MTP, 120 dan ortiq maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, 45 savdo doʻkoni faoliyat koʻrsatmoqda.

Tumanda tibbiyot bilim yurti, biznes maktabi, litsey, 17 umumiy taʼlim maktabi mavjud. Tennis korti, 16 sport majmuasi, 17 kutubxona, 150 oʻrinli markaziy kasalxona (tumanlararo jarrohlik markazi faoliyat koʻrsatmoqda), 9 qishloq vrachlik am-bulatoriyasi aholiga xizmat koʻrsatmoqda. Tuman markazida Xotira maydoni barpo etilgan. «Doʻstlik» t. y. stansiyasi bor. Doʻstlik—Toshkent, Doʻstlik — Samarqand, Doʻstlik—Jizzax, Dustlik — Guliston, Doʻstlik — Arnasoy yoʻnalishlarida avtobus va taksi qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. «Doʻstlik bayrogʻi» tuman gaz. 1000 nusxada muntazam chop etiladi.


Lotin alifbosida maqola: DOʻSTLIK TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
JIZZAX VILOYATI
YER
FORISH TUMANI
PAXTAKOR TUMANI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты