DOʻSTMUHAMEDOV

DOʻSTMUHAMEDOV Muhammadjon (1898, Chust — 1952, Namangan) — sozanda (tanbur) va hofiz. Oʻzbekistan xalq hofizi (1946). Usta Roʻzimatxonning shogirdi. Hofizlik sanʼatini Azizxon hofiz (Chust), Abdurazzoq hofiz (Margʻilon), Abdurahmon hofiz (Namangan) va Sodirxon hofiz (Xoʻjand)lardan oʻrgangan. D. Namangan ishchi-yoshlar guruhida, «Sharq», «Sayyor» truppalarida, Chust teatrida ishlagan. Namangan musiqali drama teatrida (1936—39), Muqimiy teatrida (1939—42) sozanda va xrfiz. Kuchli va jarangdor ovoz soxibi. Repertuaridan ashula («Ohkim», «Yovvoyi Ushshoq», «Izlarman», «Kelibsan», «Turfa mehring», «Shafoat», «Maktub» va b.), Fargʻona—Toshkent maqom yoʻllari («Bayot», «Chorgoh» va b.) oʻrin olgan. 1940—41 y. lari V. Uspenskiy D. dan katta ashula va zikr yoʻllarini nota yozuviga tushirgan.


Lotin alifbosida maqola: DOʻSTMUHAMEDOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
RAJABIYLAR
SHASHMAQOM
FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты