HALIM

HALIM — bugʻdoy va mol goʻshtidan tayyorlanadigan qadimiy taom, oʻzbek pazandaligida tansiq taomlardan biri. Uzoq qaynatib pishiriladi. Buxoro va Samarqand viloyatlarida «halisa» deb ham nomlanadi. Halim tayyorlash uchun qayroqi bugʻdoy bir oz namlanib, yogʻoch keli (oʻgʻir)da tuyilib, sovuq suvda yuviladi, soʻng 5 — 6 soat davomida iliq suvda ivitiladi.

Oʻsimlik yogʻi qizdirilgan qozonda loʻnda-loʻnda toʻgʻralgan qoʻy yoki mol goʻshti qizarguncha qovuriladi, soʻng tayyorlab qoʻyilgan bugʻdoy solinib, darhol suv quyiladi va 2—3 (dosh-qozonlarda 9—10) soat davomida mildiratib qaynatiladi. Taom toʻxtovsiz kovlab turilishi lozim. Agar bugʻdoy pishmay turib suvi bugʻlanib ketsa, oz-ozdan qaynoq suv quyib turiladi.

Halimning bugʻdoyi ezilib, goʻshti esa hil-hil pishib, bugʻdoyga tolasimon boʻlib aralashib ketgach tuzi rostlanadi va olovi pasaytirilib, 2—3 soat davomida «dam beriladi». Tayyor taom lagan, taqsimchalarda dasturxonga tortiladi (ayrim joylarda suzilgan taomga dolchin yoki shakar sepiladi). Halim koʻproq Navroʻz bayrami-da, maʼraka-marosimlarda, hayit, ulugʻ yoshni nishonlash va b. da tayyorlanadi.


Lotin alifbosida maqola: HALIM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GOʻJA
SUMALAK
OʻZBEKLAR
BUXORO VILOYATI
PALOV


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты