HAMID OLIMJON

HAMID OLIMJON (Olimjonov Hamid) (1909.12.12, Jizzax – 1944.3.7, Toshkent; «Forobiy» qabristoniga qayta dafn etilgan) — shoir, publitsist, adabiyotshunos va jamoat arbobi. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1943). Samarqanddagi bilim yur-tida (1923—28), Pedagogika akademi-yasining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar f-tida (1928—31) oʻqigan va ayni paytda «Zarafshon» gaz. da boʻlim mudiri (1926— 27). Yoshlar gaz. da (1931), «Qurilish» va «Sovet adabiyoti» jur. larida masʼul kotib, Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot in-tida katta ilmiy xodim (1932—34), Til va adabiyot in-ti (1934—37) va Oʻquvpe-dagogika nashriyotida boʻlim mudiri (1938—39), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1939-44).

Hamid Olimjonning soʻz sanʼatiga qiziqishi onasi Komila ayaning ertaklari hamda bobosi Mulla Azim xonadoniga kelib turuvchi Fozil Yoʻldosh oʻgʻli\tt doston va termalari asosida shakllangan. Dastlabki asarlari — «Koʻklam» (sheʼrlar, 1929), «Tong shabadasi» (hikoyalar, 1930). «Olov sochlar» (1931), «Poyga», «Oʻlim yovga» (1932), «Daryo kechasi» (1936), «Sheʼrlar» (1937), «Oʻlka», «Oygul va Baxtiyor» (1939), «Baxt» (1940), «Qoʻlingga qurol ol!», «Ona va oʻgʻil» (1942), «Ishonch» (1943) sheʼriy toʻplamlari muallifi.

Hamid Olimjon ijodining 1-davrida hikoyalar yozgan boʻlsa-da, uning isteʼdodi koʻproq lirik sheʼriyat tabiati bilan uygʻun boʻlgan. Dastlabki sheʼrlarida yangi adabiyot va yangi adabiy shakllar yaratish gʻoyasi hukmronlik qilgan. 30-y. larning oʻrtalariga kelib, hayotiy va ijodiy tajri-basi oshishi bilan Hamid Olimjon ona-yurt tabi-atidan, jamiyat va xalq hayotidan olgan boy taassurotlarini lirik sheʼr doirasida yorqin badiiy ifo-dalash sanʼatini egallay boshlagan («Kuychining xayoli», «Ofeliyaning oʻlimi», «Holbuki, tun…», «Ishim bordir oʻsha ohuda» va b.). 2-jahon urushigacha boʻlgan ijodida 20a. oʻzbek lirikasining yaxshi namunalari hisoblangan «Oʻrik gul-laganda», «Sevgi desam…», «Tinim-sizdir yolgʻiz shabboda…», «Shodlikni kuylaganimning sababi», «Oʻzbekiston» singari lirik sheʼrlarini yozgan. Bu sheʼrlar gʻoyaviy mundarijasi, shakli, goʻzal tili va uslubi bilan eʼtibor qozongan.

1916-y. Jizzax qoʻzgʻolonining shafqatsizlik bilan bostirilganini koʻrgan shoir 30-y. larda sovet mamlakatida olib borilgan qurilishlar, roʻy bergan iqtisodiy va madaniy oʻzgarishlarni koʻrib, kela-jakka katta umid bilan qaragan. Hamid Olimjon qalbi va shuurini egallagan shunday nekbin tuygʻu va xayollar uning ijodida romantik tasvir metodining shakllanishiga sababchi boʻlgan. Shoir faqat lirik sheʼrlaridagina emas, balki shu davrda yaratgan «Ikki qizning hikoyasi» (1937), ayniqsa, «Zaynab va Omon» (1938) dostonlarida ham voqelikni shu metod yordamida tasvir etishga in-tilgan.

Hamid Olimjon «Oygul bilan Baxtiyor» (1937) hamda «Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod» (1939) dostonlarini xalq ertaklari motivlari asosida yaratgan. Bu asarlar erksevarlik gʻoyalari, oʻz taqdi-rini xalq va mamlakat taqdiri bilan bogʻlagan qahramonlari hamda badiiy jozibasi bilan kitobxonlar eʼtibo-rini qozongan. 2-jahon urushining dastlabki yillarida Hamid Olimjon oʻzbek folklori uchun xarakterli boʻlgan ona va oʻgʻil obrazlaridan, shuningdek, xalq ogʻzaki ijodiga xos tasvir usuli va vositalaridan yana ham keng foydalanib xalqni kurashga, mardlik va jasoratga ilhomlantiruvchi sheʼrlar yozgan («Qoʻlingga qurol ol!», «Sharqdan Gʻarbga ketayotgan doʻstga», «Qamal qilingan shahar tepasidagi oy» va b.). Ayni paytda u romantik tasvir usulidan foydalangan holda «Sevgi», «Sen tugʻilgan kun», «Jangchi Tursun», «Roksananing koʻz yoshlari» singari sheʼr va balladalarini yaratgan. Pogodin, Uygʻun va Sobir Abdulla bilan hamkorlikda Oʻ«zbekiston qilichi» (1942) dramasini yozgan, front safari (1943-y., fev.) taassurotlari asosida esa publitsistik maqola va ocherklarini eʼlon qilgan.

Hamid Olimjonning «Muqanna» (1943) trage-diyasi ham urush davrining ijti-moiy buyurtmasi asosida maydonga kelgan. Hamid Olimjon ushbu asarning markaziy qahramonlari — Muqanna, uning sevgilisi Guloyin va b. qahramonlar obrazlari orqali har bir mamlakatning mustaqilligi masalasi xalq taqdiri. shu xalqning ozodligi, farovonligi va kelajagi bilan bogʻliq gʻoyat muhim ijtimoiy va siyosiy masala ekanligini koʻrsatib bergan.

Hamid Olimjon adabiy ijod bilan birga i. t. ishlari bilan ham mashgʻul boʻlgan. Ammo u shu davrda yozgan maqolalarida vulgar sotsiologizm taʼsiridan chiqib keta olmay, ayrim millatparvar yozuvchilar ijodini qoralagan. 30-y. larning 2-yarmida esa Hamid Olimjon «Atpo-mish» xalq eposini nashrga tayyorlash va Navoiyning 500-yillik yubileyi munosabati bilan uning adabiy merosini oʻrganish jarayonida mumtoz oʻzbek adabiyoti va xalq ogʻzaki ijodiga katta mehr bilan yondashgan va madaniy merosimizning bu oltin sahifalarini toʻgʻri ilmiy pozitsiyadan turib talqin etgan. U navoiy komitetining masʼul kotibi sifatida ulugʻ shoir merosini oʻrganish va asarlarini rus tiliga tarjima qilish ishiga katta hissa qoʻshgan. Hamid Olimjon tomonidan nashrga tayyorlangan «Alpomish» dostoni (Fozil Yoʻldosh oʻgʻli) esa uzoq yillar davomida xalq ogʻzaki ijodi asarlarini oʻrganish va ilmiy nashrini tay-yorlash ishida asos boʻlib xizmat qilgan.

Hamid Olimjon adabiy ijodining muhim qis-mini badiiy tarjima tashkil etgan. U A. S. Pushkinning «Kavkaz asiri» va «Suv parisi» dostonlari, M. Yu. Lermontovning «Zamonamiz qahramoni» qissasidagi «Bela» va M. Gorkiyning «Chelkash» hikoyalari, N. Ostrovskiyning «Poʻlat qanday toblandi» romani, A. Korneychukning «Platon Kre-chet» pyesasi, shuningdek, Bayron, Pushkin, Shevchenko, P. Tichina, M. Bezimenskiy, M. Svetlov, K. Simonov, V. Inber kabi shoirlarning ayrim sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Hamid Olimjon 35 yoshida avtomobil halokati natijasida vafot etgan. Toshkent metropoliteni bekatlaridan biri, Yozuvchilar uyushmasining Adabiyotchilar uyi, Samarqanddagi viloyat teat-riga Hamid Olimjon nomi berilgan. Toshkent sh. da shoir nomi bilan atalgan may-donda unga haykal oʻrnatilgan (1990).

As: Asarlar [5j. li], 1—5-j. lar, T., 1970 — 72; Mukammal asarlar toʻplami [Yuj. li], 1 — 10-j. lar, T., 1979-84.

Ad.: Azi mov S. Hamid Olimjon abadiyati. T., 1967; Sen elimning yuragida yashay-san [H. Olimjon haqidaxotiralar], T., 1973; Mamajonov S, Shoir dunyosi, T., 1974; Karimov N., Goʻzallikningolmos qatralari [H. Olimjon lirikasi], T., 1979; Kari-mov N., Hamid Olimjon. Shoir hayoti va ijodidan lavhalar. T., 1979.

Naim Karimov.


Lotin alifbosida maqola: HAMID OLIMJON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FOROBIY
FRANSIYA
XITOY
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты