IBODAT

IBODAT (arab. — sigʻinmoq, bosh egmoq) — gʻayritabiiy kuchlar (xudo, ruh va b.) ga sirinish, iltijo qilish. Ibodat har qanday dinga xos. Turli dinlarda turlicha Ibodat qilinadi. Diniy eʼtiqodning tarkibiy qismi sifatida Ibodat qatʼiy tartib va qoidalarga boʻysundirilgan. Mas, xristianlar xochga choʻqinadilar, musulmonlar kuniga besh vaqt namoz oʻqib Ibodat qiladilar. Islomda diniy pok hisoblanmaganlar, akli norasolar, xastalar I. dan ozod qilingan. Ibodat yakka holda yoki koʻpchilik boʻlib bajariladi. Diniy taʼlimotga koʻra, butun borliqni unutib, oʻzini faqat xudoga yaqinligini, unga itoatkorligini his etgan holda I. qilish kerak.


Lotin alifbosida maqola: IBODAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISLOM
Tushda namoz | Тушда намоз
Tushda namoz | Тушда намоз
YER
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты