IBROHIMOV Abduqahhor Abdusamatovich

IBROHIMOV Abduqahhor Abdusamatovich (1939.16.8, Toshkent) — yozuvchi, dramaturg, publitsist, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1990). Toshkent unti filologiya f-tining jurnalistika boʻlimini tugatgan (1962). «Oʻzbekiston madaniyati» gaz. da adabiy xodim va budim mudiri (1962—72), «Guliston» jur. da masʼul kotib (1972—75), «Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati» gaz. da boʻlim mudiri (1978 — 84), Oʻzbekiston Madaniyat vazirligida repertuar-tahrir hayʼati bosh muharriri (1984—86), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida konsultant va yetakchi konsultant (1990— 93), Respublika «Maʼnaviyat va maʼrifat» markazida bosh mutaxassis (1994-y. dan). Adabiy faoliyati 60-y. larda boshlangan. «Qoya ostida» (1972), «Soʻnggi nur» (1977), «Osmon yaqin, yer yumshoq» (1982) hikoyalar toʻplamlari, «Uyqu kelmas kechalar» (1998) romani muallifi. «Til — taqdir demak» (1990), «Vatan tuygʻusi» (hamkorlikda, 1996), «Bizkim, oʻzbeklar» (1999) kabi badiiy va siyosiy publitsistik asarlarida til, koʻhna milliy davlatchiligimiz tarixi aks ettirilgan. «Bi-rinchi boʻsa» lirik dramasi «Yosh gvardiya» (hoz. Abror Hidoyatov nomli) teatrida sahnalashtirilgan (1971). Bundan tashqari, «Arra» (1971), «Mayli, mayli» (1972), «Zoʻldir» (1973), «Meni aytdi demang» (1973), «Tani-sangiz kerak» (1974), «Sochqi» (1976), «Tovushsiz karsaklar» (1980), «Oʻzbekcha nikoh» (1993), «Shaytonning yoʻli» (1994) va b. pyesalari Oʻzbekistonda va b. davlatlarning teatrlarida sahnalashtirilgan. «Mehnat shuxrati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).


Lotin alifbosida maqola: IBROHIMOV Abduqahhor Abdusamatovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
XITOY
HINDISTON
HIZBUT TAHRIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты