IBTIDOIY JAMIYAT

IBTIDOIY JAMIYAT — ibtidoiy odamlarning paydo boʻlishidan to davlat yuzaga kelguniga qadar boʻlgan davr. Jamoa boʻlib mehnat qilish va jamoa boʻlib isteʼmol qilish Ibtidoiy jamiyatning oʻziga xos xususiyatidir. Eng oddiy mehnat qurollariga ega boʻlgan ibtidoiy odam yakka-yakka holda tabiat kuchlariga va hayvonlarga qarshi kurasha olmas edi. Shuning uchun ibtidoiy odamlar jamoa ravishda mehnat qilib, oʻz mehnatlarining mahsulini teng taqsimlar edilar. Ibtidoiy jamiyat iborasi juda buyuk kash-fiyot hisoblanib, u birinchi navbatda eta. olim L. G. Morgan nomi bilan bogʻliq. L. G. Morgan oʻzining «Qadimgi jamiyat» (1877) asarida juda boy etn. materiallarga asoslangan holda ilmiy olamda birinchi boʻlib, kishilik tarixining dastlabki sinfiy jamiyatga qadar boʻlgan davrini ikki bosqichga boʻlgan: 1-bosqichni «ibtidoiy tuda», 2-bosqichni esa «ibtidoiy urugʻchilik jamoasi» deb atadi. Ibtidoiy tuda bo-sqichi oʻz mazmun va mohiyati bilan ilk ajdodlarimizning «hayvonot» olamidan ajralib insoniyat olamiga oʻtish davri bilan xarakterlanadi. L. G. Morgan bu bosqichni Ibtidoiy jamiyatga kiritmagan. Aslida Ibtidoiy jamiyat urugʻchilik jamoasini vujudga kelishi bilan boshlanadi. L. G. Morgan fikriga F. Engels va V. I. Leninpar qoʻshilsada, ammo ular urugʻchilik jamoasi davrini «ibtidoiy kommuna», «qadimgi kommunizm» iboralari bilan almashtirib katta nazariy xatoga yoʻl qoʻyadilar. Ibtidoiy Jamiyat Cmashinning «Dialektik va tarixiy materializm haqida» asari paydo boʻlgach, masala yanada chalkashib ketdi. U I. j. tushunchasiga kishilik tarixini ibtidoiy tuda bosqichini ham qoʻshib yubordi. Stalincha konsepsiya keyinchalik sobiq sovet tarixshunosligida asosiy yoʻl-yoʻriq boʻlib qoldi. Aslida, tarixan birinchi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya — ibtidoiy urugʻchilik jamoasi edi. U urugʻ jamoalarining paydo bulishidan to birinchi sinfiy jamiyatning shakllanishiga qadar boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Ibtidoiy tuda davrida esa i. ch. ning oʻzi boʻlmagan. Bu davr odamzodning uzok, davom etgan tadrijiy shakllanish bo-sqichi boʻlib, u haqiqatan Ibtidoiy jamiyatga oʻtish davri hisoblanadi. L. G. Morgan oʻz vaqtida Ibtidoiy jamiyatni 2 bosqichga boʻlgan: bi-rinchisini «ibtidoiy urugʻchilik jamoasi», ikkinchisini esa «harbiy demokratiya bosqichi» deb ataydi. 20-a. davomida etn. va arxeologiya sohalarida fan olamida qoʻlga kiritilgan yutuqlar harbiy demokratiya davrini sinfsiz jamiyatdan birinchi sinfiy jamiyatga oʻtish bosqichi sifatida qarashni, shuningdek, «ibtidoiy urugʻchilik jamoasi» davrini ikki fazaga boʻlishlikni taqozo etadi. Ibtidoiy urugʻ jamoasining har ikkala fazasi davomida inson hayotida juda katta sifat oʻzgarishlari yuz berdi. Bu davrda dastlabki jamoa boʻlib yashash kurtagi paydo boʻldi. Bu kurtak urugʻ jamoasining tarkib topishiga asos solgan onalar atrofida yuz berdi. Shuning uchun ham urugʻchilik jamoasining bu ilk fazasi — ona urugʻi — matriarxat deb ataldi. Urugʻchilikning birinchi tadrijiy rivojlanish fazasida i. ch. munosabatlari toʻlaligicha urugʻ manfaatiga mos tushadi, jamoada ijtimoiy i. ch. hukmron. Endi ibtidoiy urugʻchilik jamoasining ikkinchi fazasida i. ch. munosa-batlari asta-sekin urugʻ manfaati do-irasidan chiqa boshlaydi. Bunday ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarishlar ibtidoiy jamoa xoʻjaligida dehqonchilik va chorvachilikning kelib chiqishi rivojlanishi b-n, jamoada ortikcha mahsulotning paydo boʻlishi va bozor munosabatlarining tarkib topishi bilan bogʻliq edi. Bu jarayonlar, albatta, i. ch. da erkaklar mehnatiga talabning or-tishi va urugʻlararo guruxli nikohning buzilishi va urugʻ jamoasidan tashkarida patriarxal juft oilaning qaror topishi bilan bogʻliq edi. Ibtidoiy urugʻchilik jamoasi zamonida roʻy bergan bu oʻzgarishlar matriarxal urugʻ jamoasining patriarxal urugʻ jamoasiga oʻz oʻrnini boʻshatib berishiga olib keldi. Ota urugʻi (patriarxat) shakllandi. Jamoada erkaklar rolining kuchayishi tabiiy ravishda patriarxal juft oilani keltirib chiqardi. Patriarxal urugʻ jamoasidagi juft oila nikohi va uning tarkibida monogam nikoh tizimining karor topishiga olib keldi. Ilk urugʻchilik jamoasi davrida odamzod birinchi bor amaliy sanʼatni kashf etdi, yaʼni sanʼat dastlab ayol haykallarini yasashdan, birinchi navbatda, homilador ayol tasvirini ishlashdan boshlandi. Bu davrning boshqa bir buyuk oʻzgarishi odamzodning biologik jismoniy tuzilishida roʻy berdi, yaʼni yevropeoid, negroid va mongoloid irklar shakllandi va, nihoyat, eng qad. ajdodlarimiz tabiiy gʻordan chiqib, maʼlum mintaqalarda oʻzlari uchun kulba yasash yulini kashf etdilar. Ibtidoiy ajdodlarimiz hayotidagi bu inqilobiy oʻzgarishlar ona urugʻi — matriarxatning dastlabki ming yilliklari davomida, yaʼni mil. av. 40 — 30ming yilliklarda sodir boʻldi. Ibtidoiy tuda davrida ilk ajdodlarimiz oʻrtasida biologik aloqalar cheklanmagan, tartibsiz holda yuz bergan boʻlsa, ibtidoiy urugʻchilik jamoasi tarkib topishi bilan odamlar oʻrtasidagi biologik aloqalar maʼlum tartibga tushdi, yaʼni biologik aloqalar endi ikki urugʻ jamoasi aʼzolari oʻrtasida sodir boʻladigan boʻldi. Bu nikoh tartibi guruxli nikohdeb yuritildi. Key-inroq, ona urugʻi davrining soʻnggi fazasida ana shu guruxli nikoh doirasida ayollar farzandlarining otalaridan oʻz urugi uchun ishlab berishni, oʻz urugʻi yumushlariga yordam berishni talab kila boshlaydilar. Bu talablar, albatta, iqtisodiy muammolar bilan bogʻliq boʻlib, ona urugʻi jamoasi zaminida matriarxal juft oilani rasmiylashi-shiga olib keldi. Onalar, endi, uz farzandlariga uz otasini tanishtira boradi. Uzok, davom etgan bu nikohtarti-bi va axloq normalari ona urugʻi doirasida erkaklar rolining kuchayishiga olib keldi. Iqtisodiy hayot tashvishlari endi erlar qoʻlida jamlandi. Erkaklar iqtisodiy xujalik jilovini uz qoʻllariga oladilar va ularning farzandlari oldidagi nufuzi ortib boradi. Ibtidoiy urugʻchilik jamoasining ikkinchi fazasida urugʻ jamoalari xoʻjaligida qoʻshimcha daromad paydo boʻladi, u esa, oʻz navbatida, mol ayirboshlashni keltirib chikaradi. Ana shu davrdan boshlab urugʻlarning qabilalarga birlashishi boshlanadi. Qabilalararo iqtisodiy aloqalar vujudga keladi va ularning oqibat natijasi sifatida kishilik tarixida harbiy demokratiya davri boshlandi. Bu inqilobiy oʻzgarishlar otalar urugʻi (patriarxat) ga xos bulib, ular ibtidoiy urugchilik jamoasi zaminida dehqonchilik va chorvachilikning kashf etilishi bilan bogʻliq edi.

Arxeologik jihatdan ilk va urta paleolit davriga muvofiq keluvchi ibtidoiy tuda davrida yashagan ajdodlarimizning odamsimon maymun podalariga xos xatti-harakatlari, ularni fan olamida eng oliy tipdagi odamsimon maymunlardan tarqalgan, degan tasavvurni keltirib chiqardi. Aslida, hech bir odamsimon maymunlardan (shimpanze, gibbon, orangutan, goril-lalardan) odam tarqalmagan. Odamzotning eng ilk ajdodlari oʻzlarining oziq tishlaridagi naqshlari va bosh miyasining maymun bosh miyasidan kattaligi bilan farqqiluvchi maymunsimon odam ajdodi (Goranna driopiteki) dan tarqalgan. Bu tipdagi odamzot ajdodlarining qoldiqlari Jan. Afri-kada zinjantrop, Indoneziyaning Yava o. da pitekantrop, Xitoyda sinantrop, Oʻzbekistonda fergantrop, Germaniyada neandertallar nomlari ostida to-pib oʻrganildi. Fan olamining xulo-sasiga koʻra, ular to «aqlli odam» («homo sapiens) holatiga kelguniga qadar (mil. av. 40—35 ming yillikka qadar) oʻzining tadrijiy shakllanish taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Ular eng oddiy tosh qurollardan va olovdan foydalanishni oʻrgandilar. Madaniyatning dastlabki kurtaklari vujudga keldi, maʼnoli nutq paydo boʻldi. Inson asta-sekin biologik jihatdan takomillasha bordi, eng ibtidoiy (pitekantrop, sinantrop va neandertal va b.) tipdan yuksak taraqqiy etgan va mehnat qilish qobiliyatiga ega boʻlgan odam darajasiga yetdi. Avvalo mehnat, soʻngra soʻzlash ikkita eng muhim sabab boʻldiki, bu sabablar taʼsiri ostida eng ilk ajdodlarimizning miyasi sekin-asta aklli odam miyasiga aylandi. Ilk va oʻrta paleolitdan uning soʻnggi bosqichiga oʻtish davrida tosh qurollarni yasashda, ovchilikda ancha yutuqlarga erishildi. Ibtidoiy toʻdadan soʻnggi paleolitga oʻtish davrida ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasi ancha oʻzgardi va taraqqiy etdi. Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda Ibtidoiy jamiyatning har bir davriga mansub mehnat qurollari Fargʻona vodiysidagi Selungur goroda va b. joylarda topildi. Arxeolog A. P. Okladnikov tomonidan 1938 — 39 y. larda tekshirilgan Teshiktosh tri yodgorliklari ham mazkur davrning mustye bosqichiga mansubdir.

Soʻnggi paleolit davrida suyak va shoxdan yasalgan buyumlar — igna, bigiz, qarmoq, kamon oʻqi, turli xil bezaklar va h. k. keng qoʻllanilgan. Bu davrda parma ham paydo boʻldi. Ibtidoiy tuda oʻrnini ijtimoiy jamoaning ancha mukammallashgan shakli — ona urugʻi jamoasi (matriarxat) oldi. Bir urugʻ ichida nikoh qilish man etildi, natijada ibtidoiy odamlarning jamoa boʻlib uyushishi kuchaydi. Arxeologik jihatdan soʻnggi paleolit, mezolit va neolit davriga muvofiq ke-luvchi matriarxat davrida urugʻchilik jamoasi ancha uyushqoq ijtimoiy-iqtisodiy kurtak boʻlib, kishilar bir-galikda mahsulot tayyorlar va isteʼmol qilar edi. Ular ovchilik, baliqchilik bilan shugʻullanganlar, keyinchalik esa motiga bilan yer haydab, dehqonchilik qilib va uy hayvonlarini boqib, tirikchilik oʻtkazishgan. Matriarxatning rivojlangan davrida mehnat taqsimoti tufayli xoʻjalikda va jamiyatda ayollar muhim rol oʻynay boshladi. Ibtidoiy guruh-guruh oiladan alohida xoʻjalikka ega boʻlmagan beqaror juftjuft oilaga utildi. Matriarxat davrida qishki turar joy, kiyim va bezaklar, qurolning murakkab turlari (oʻq yey, yelmiltiq va b.), terini qayta ishlash, mato toʻqish, kulolchilik, tasviriy sanʼat va din vujudga kela boshladi. Bu davrning soʻnggi bosqichida et-nik birlik — qabila tarkib topdi. Oʻrta Osiyoda shu davrga oid kup yodgorliklar topilgan (mas, Joytun mada-niyati, Kaltaminor madaniyati).

Neolitning soʻnggi bosqichi va jez davrining boshlarida ona urugchilik jamoasining ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyotida katta oʻzgarishlar rui berdi. Chorvachilik, omoch bilan yer haydash, baliq tutish, metallni oddiy usulda qayta ishlash yuzaga keldi. Natijada ayollarning xujalik yuritishdagi roli pasayib, erkaklarning roli oshdi. Kishilar tabiat kuchlariga qarshi kurashish uchun turli qurollardan foydalandilar. Erkaklar oʻzlari topgan boyliklarini umumiy jamoaga emas, oʻz bolalariga berishga intildilar. Shu tariqa matriarxatdan patriarxat davriga oʻtildi, urugʻchilik oilalariga ota boshchilik qiladigan boʻldi. Ota urugʻi asosida katta patriarxal oilalar tashkil topdi. Patriarxal oilada urugʻchilik tuzumining kurtagi saqlangan boʻlsada, uning yemirilayotgani sezilib turardi. Barqaror nikoh vujudga kelishi bilan ayol kishi erkak turgan joyga borib yashaydigan boʻldi. Bolalar ota ismining va mulkining merosxoʻri boʻldilar, uyda ota hukmronligi yuzaga keldi. Ibtidoiy jamiyat kuchlarning oʻsi-shi, ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi xususiy xoʻjalikning paydo boʻlishiga, urugʻning yemirili-shiga, oʻziga toʻq yuqori tabaqaning ajralib chiqishiga olib keldi, bu tabaqa dastlab harbiy asirlar, soʻng qashshoqlashgan qabiladoshlarini qullarga aylantirdi. Qabilalararo xoʻjalik va madaniy aloqalarning rivoji tufayli etnik birlikning yangi shakli — elat vujudga keldi. Natijada sinflar va davlatlar paydo boʻldi. Urugʻqabila boshliqlaridan davlat hokimiyati tashkil topa boshladi. Jez davrida Oʻzbekiston hududida sugʻorma dehqonchilik rivojlana boshladi. Bu davrga oid ar-xeologik topilmalar moddiymadaniy belgilari va etn. xususiyatlariga karab koʻpgina arxeologik madaniyat ismlari bilan ataladi (mas, Amirobod madaniyati, Sopollitepa madaniyati, Zamonbobo madaniyati, Suvyorgan madaniyati, Tozabogʻyop madaniyati, Chuyet madaniyati va b.) Oʻrta Osiyo hududidagi jez davri yodgorliklarining juda boy majmuasi vohalarda iqtisod va madaniyat taraqqiy etganidan bu yerda qadim davrlar-dayoq sinfiy jamiyat tugʻila boshlaganidan dalolat beradi.

Ad.: Morgan L. G., Drevneye obshestvo, London, 1877; Engels F., Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi, T., 1967; Pershis A. I. i dr., Istoriya pervobыtnogo obshestva, M., 1968; Askarov A., Oʻzbekiston tarixi, T., 1994.

Ahmadali Asqarov.


Lotin alifbosida maqola: IBTIDOIY JAMIYAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
BUYUK BRITANIYA
BERUNIY
IBN SINO
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты