IGNATYEV MISSIYASI

IGNATYEV MISSIYASI — rus podsho qukumati tomonidan Xiva xonligi va Buxoro amirligi bilan siyosiy hamda savdo munosabatlari oʻrnatish bahonasida, aslida josuslik maqsadida polkovnik N. P. Ignatyev boshchiligida yuborilgan elchilar missiyasi (1858). Ignatyev missiyasi 1858-y. mayida 50 kishilik qoʻriqchi otryad bilan Orenburgdan chiqib, Amudaryo yoqalab, iyul oyida Xivaga keladi va xon hukumati bilan savdo shartnomasi tuzadi. Soʻngra Buxoroga kelib im-tiyozli savdo shartnomasi tuzishga, zindonda yotgan rus fuqaro va asirlarni ozod etishga erishadi. Ignatyev missiyasi toʻplagan maʼlumotlar Turkistonning Rossiya tomonidan istilo etilishida muhim rol oʻynagan.


Lotin alifbosida maqola: IGNATYEV MISSIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XIVA XONLIGI
ROSSIYA
BUXORO XONLIGI
TOSHKENT
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты