HARBIY KIYIMLAR

HARBIY KIYIMLAR — harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim formalari. Harbiy kiyimlarga (belgilangan namunalariga koʻra) odatda quyidagilar kiradi: ustki kiyimlar (shinel, bushlat, plashch, mundir, kitel, kalta paxtali kamzul, tujurka. shim va b.); bosh kiyimlar (telpak, popoq. soyabonli va soyabonsiz furajka); ustki koʻylak, galstuk, sharf. qoʻlqop; poyabzal (etik. botinka): kamar. aslaha-anjomlar. Harbiy unvon belgilari harbiy kiyim formalarining majburiy elementi hisoblanadi.

Harbiy kiyimlar elementlari dastlab qad. dunyo (Misr. Ossuriya. Eron. Yunoniston) armiyalarila paydo boʻlgan. Qad. Rim armiyalarida Harbiy kiyimlar birmuncha takomillashgan. Oʻrta asrlarda Yevropada Harbiy kiyimlar vujudga kelmagan. 15 — 17-a. larda muntazam armiyalar yuzaga kelishi bilan bir xil rangdagi Harbiy kiyimlar paydo boʻla boshlagan.

Oʻrta Osiyo xal ql arining \arbiy kiyimlari haqidagi dastlabki maʼlumotlar mil. av. 6—5-a. larga oid boʻlib, arxeologik, adabiy (mas, Ave-sto) va tasviriy sanʼat manbalarida uchraydi. Harbiy kiyimlar oʻsha davrda kundalik kiy-imlardan deyarli farq qilmasdan, asosan, tizzaga tushadigan uzun yengil koʻylak, chakmon, uzun cholvor, kamar (koʻpincha metall qoplangan) va tel-pakdan iborat boʻlgan. Mil. av. 4-a. gacha Oʻrta Osiyo xalqlari oʻzlarining qoʻshnilari (sarmatlar, hunlar va b.) kabi forslar, skiflardan farq qilib. metall qoplamali kiyimlardan kam foydalanishgan. Mil. av. 3-a. larda jangchilar toʻgʻri burchakli metall plastinkalardan qilingan uzun sovut, dumaloq shaklla, koʻz atrofi yoysimon kesilgan dubulgʻa kiyishgan. otlarga mayda metall plastinkalar tikilgan yopingʻichlar yopilgan.

Kushon podsholigining yengil qurollangan qoʻshinlari jangda ensiz uzun yengli, tizzaga tushadigap koʻylak. keng cholvor. chakmon, past poshnali yumshoq etik kiyishgan, kamar taqib, boshiga bogʻich bogʻlab olishgan. Bu davrda uzun sovutlar va etiklar teriga metall plastinkalar tikib tayyorlangan. Keyinchalik tangasimon metall parchalaridan yumshoq narsaga tikilgan yoki oʻzaro birlashtirib tay-yorlangan yengil sovut keng tarqalgan. Kushon dubulgʻalari boʻlaklarga boʻlinishi. soyaboni va quloqpoʻshi bilan oʻzidan oldingilardan farq qilgan.

Turk xoqonligi vujudga kelgach (6-a.), H. k. keng yoqali uzun chopon, keng qoʻnjli etik, turli taqinchok/shr taqilgan kamar, kamzul tipidagi yoqali sovut, namat qalpoqlar paydo boʻldi. 6—8-a. larda Oʻrta Osiyoda Harbiy kiyimlarning oʻziga xos kompleksi: yoqasi beligacha ochilgan uzun koʻylak, yengi tirsakkacha boʻlgan ensiz uzun chopon, cholvor, baland poshnali etik. turli qurollar taqilgan kamar, yelkalari keng sovut va boʻyin, yelka. baʼzan yuzni \ am yopib turadigan sim toʻrli. uchi oʻtkir dubulgʻa yuzaga kelgan.

Amir Temur davlatida (14-a. ning 2-yarmi — 15-a. boshlari) Harbiy kiyimlar \ar jihatdan mukammallashtirilli: old n>moni 2 qosh oʻrtasidan burun ustigacha tushirilgap uchi oʻtkir quloqchinli dubulga, tirsakkacha kiiilaligan qoʻl qalpoqchalari. qavima chopon keng rasm boʻlgan. 15-a. da tutmachali. oldi ochiq kalta yengli kamzul Harbiy kiyimlarning asosiy turi boʻlgan, 16—17-a. larla u kattalashtirilib. kamzul xoliga ksltirilgan rangdor keng cholvor, baland poshnali qora etik kiyilgan. 18—19-a. ning 1-yarmida oʻzbek xonliklaridagi anʼanaviy Harbiy kiyimlar yaltiroq chopon, qimmatbaho materiaddan tikilgan cholvor, sallali qalpoq, yumshoq telpak, turli metall taqinchoqlar taqilgan kamar, baland posh-nali etik va b. dan iborat boʻlgan. Xiva xonligida qora chopon bilan chugurma ham kiyilgan. Bulardan tashqari, baʼzan, bezatilgan sovut, dubulgʻa, tirsakkacha kiyiladigan qoʻl qalpoqchasi, qalqon ham kiyishgan. 19-a. ning 50-y. laridan Buxoro xonligida muntazam qoʻshinlar bir xil shaklda uzun qaytarma yengli, jiyakli kalta qizil kamzul, jevachilar oq sallali qalpoq kiyishgan. 19-a. ning 80-y. larida xonliklarning eski anʼanaviy harbiy kiyimlari saqlanib qolgan edi:/ piyoda oʻqchilar qaytarma yengli qizil chakmon, keng zangori cholvor, toʻpchilar qizil yoqali zangori mundir kiyishgan; barcha qoʻshinlarda salla qora telpak bilan al-mashtirilgan. Armiyadagi harbiy boshliqlar (ofitserlar) tizzaga tushadigan jiyakli chakmon, jiyakli cholvor kiyishgan, kumushdan yasalgan taqinchoqlari boʻlgan qimmatbaho kamar taqishgan. Oliy qoʻmondonlik tarkibi qora duxobadan qilingan kamzullar kiygan. Kamzul zar ip bilan tikilgan.

Oʻrta Osiyo hududining ancha qismi Rossiya imperiyasiga qoʻshilgach, Buxoro va Xiva xonliklarida mahalliy Harbiy kiyimlar elementlari birmuncha saqlangan holda chor armiyasi harbiy kiyimlari joriy qilingan. Buxoro amirligi armiyasida oddiy piyoda askarnikidan toʻq-sabonikigacha boʻlgan Harbiy kiyimlar chor qoʻshinlari Harbiy kiyimlar iga oʻxshash boʻlgan. Oliy qoʻmondonlik tarkibining anʼanaviy koʻrinishi (keng cholvor, tilla rang bezaklar tikilgan duxoba kamzul, til-la, kumush taqinchoqlar va popuklar taqilgan kamar)ni saqlab qolgan boʻlsa-da, kamzullarining bichimi chor armiyasi mundiriga oʻxshash boʻlgan, pogonlar, epoletlar tikilgan, ordenlar taqilgan. Xiva xonligi chor armiyasidan faqat pogonlarnigina qabul qilgan. Harbiy kiyimlar esa mahalliyligini saqlab qolgan.

Shoʻrolar davrida (1917—91) Harbiy kiyimlar mafkuraviy tamoyillarga asoslangan holda boʻlgan. Mas, Qizil armiya askarlari yulduzchali movut shlem, shinel, yashil rangli koʻylak kiyishgan. 1972-y. yanv. dan Sovet qurolli kuchlari yangi kiyim formasiga oʻtgan (sol-dat va serjantlarga parad-chiqish Harbiy kiyimlari — koʻylak va galstuk bilan ochiq mundir, shim va botinka); gimnastyorka yopiq dala kiteli bilan almashtirilgan.

Quruklikdagi qoʻshinlar marshallari, generallari, ofitser va praporshchiklariga toʻq zangori rangdagi yagona anʼanaviy Harbiy kiyimlar tasdiqlangan. Harbiy-dengiz floti ofitserlari, michmanlari va praporshchiklariga yopiq oq va qora-koʻk kitel oʻrniga oq koʻylak va qora galstuk bilan kiyiladigan oq tujurka va koʻk kurtka belgilangan. 1972-y. dagi harbiy parad ishtirokchilari — harbiy xizmatchilarga, shuningdek, faxriy qorovul rotalari shaxsiy sosta-viga va Moskva garnizoni yigʻma orkestriga akselbantlar taqishga rux-sat berilgan.

OʻzR Qurolli Kuchlari shaxsiy tarkibi qishki (palto, plashch, etik, telpak), kundalik kiyim (kitel, toʻgʻri bichimli shim, mosh rangli koʻylak, galstuk, furajka, tufli), bayram kiyimi (kitel, toʻgʻri bichimli shim, oq koʻylak, qora galstuk, furajka), dala kiyimi (paxtali kalta kamzul, kurtka, shim, kepka, kalta etik) bilan taʼminlangan.


Lotin alifbosida maqola: HARBIY KIYIMLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
ERON
YUNONISTON
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
MISR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты