HAFTA

HAFTA (fors.-toj.) — vaqt oʻlchov birligi. Yetti sutka (dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba) dan iborat. Hafta deyarli barcha xalqlarda qadimdan mavjud. Yetti kunlik Hafta dastlab Sharkda qoʻllangan, mil. 1-a. dan Rimda ishlatilgan. Qadimda xalqlar nazarida 7 raqami gʻayri tabiiy «muqaddas» son hisoblangan. Astronomik jihatdan esa Hafta oy fazalariga qarab belgilangan. Mas, qadimgi bobilliklar. oy fazasining taxm. 29,5 kunda oʻzgarib turishini aniqlaganlaridan soʻng oy deb atalgan vaqt oʻlchovi birligi boʻlganligi uchun 1 oyning har biri 7 kunga teng cho-rakka boʻlingan. Baʼzi xalqlarda besh kunlik va oʻn kunlikdan iborat Hafta boʻlinishlari boʻlgan; mas, oʻn kunlik Hafta (dekada) qadimgi misrliklarda, keyinchalik fransuz burjua inqilobi kalendarida mavjud boʻlgan (q. Kalendar).


Lotin alifbosida maqola: HAFTA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KALENDAR
FRANSIYA
YER
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты