IZONITRILLAR

IZONITRILLAR (izotsianidlar, karbilaminlar) — umumiy formulasi RNC (bu yerda R — organik radikal) boʻlgan organik birikmalar, sianid kislota hosilalari, nitrillar izomerlarining Izonitrillar nitrillaridan farqi shuki, ularda CN gu-ruhi organik radikal bilan azot orkali bogʻlangan: R—NsC; nitrillarda esa organik radikal bu guruh bilan uglerod orqali bogʻlangan boʻlib, R— C=N tartibida joylashgan. Galogenalkillar bilan kumush sianidning oʻzaro almashi-nishidan va b. yoʻllar bilan olinadi. Mac, CH3I+AgCN->CH,NC+AgI. Oddiy Izonitrillar qoʻlansa hid chiqarib, tubidan qaynaydigan suyuqliklardir. Izonitrillar mineral kislotalarning suvdagi eritmasida gidrolizlanib, birlamchi aminlar va chumoli kislota hosil qiladi.

Izonitrillar organik sintezda muhim oraliq mahsulot boʻlib, turli geterotsiklik birikmalar, peptidlar va b. olishda, birlamchi aminlarning sifat anali-zida qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: IZONITRILLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NITRILLAR
YER
MINERAL
UGLEROD
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты