NITRILLAR

NITRILLAR — organik radikallar bilan bogʻlangan bitta yoki bir necha sian guruhi — C=N ni saqlovchi organik birikmalar. Nitrillar izonitrillar + R — N = S izomerlaridir. Nitrillar nomi, odatda, karbon kislotalarining nomidan keltirib chiqariladi, bunga misol qilib atsetonitril CH3CN ni sirka kislota nitrili, adipodinitril (NCCH2)4CN ni adipin kislota di-nitrili deb atalishini koʻrsatish mumkin. Nitrillarni sianid kislota hosilalari sifatida ham qaraladi (SN2= CHCH2CN — allilsianid va h. k.).

Nitrillar — rangsiz suyuqlik yoki qattiq moddalardir. Suvda oz, koʻpgina organik erituvchilarda yaxshi eriydi, elektrofillar va nukleofillar bilan taʼsirlashadi, metallar tuzlari bilan kom-plekslar hosil qiladi, aproton muhitda galogenvodorodlar bilan ham taʼsirlashadi, spirtlar va tiollar bilan imidoefirlar yoki tiomidatlar tuzlarini beradi. Karbon kislotalar bilan qizdirilgan Nitrillar imidlarga aylana-di, ammiak bilan yoki birlamchi yoki ik-kilamchi aminlar bilan amidinlar beradi, gidroksilamin amidoksim, gidrazon esa amidazon hosil qiladi. Nitrillar magniyorganik birikmalar bilan birikib, magniy almashgan ketiminlarga, ular esa gidrolizlanib (kislotali muhitda) ketonlarga aylanadi. Nitrillar fos-forning galogenli birikmalari bilan fosfazobirikmalar (iminofosforanlar) beradi. Ritter reaksiyasi orqali Nitrillarga olefinlar yoki ularning funksional hosilalarini taʼsir ettirish yoʻli bilan amidlar olish mumkin. Nitrillardan tetrazollar, piridin xreilalari, tri-azinlar, iminonitrillar, zanjirli ketonlar, aminobirikmalar, aldegid va b. birikmalar olinadi.

Nitrillar amidlarni degidratlash, sianid kislota tuzlarini alkillash, uglevodorodlarni ammonoliz qilish, spirtlarga ammiak taʼsir ettirish yoki boshqa yoʻllar bilan olinadi.

Nitrillar eritmalar, radikal-zanjir reaksiyalar initsiatorlari sifatida, sunʼiy tolalar olishda xom ashyo, plastifikatorlar, dori-darmon va pestitsidlar i. ch. da qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: NITRILLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SPIRTLAR
ORGANIK KIMYO
YER
IZONITRILLAR
KARBON KISLOTALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты