IZOTOP ALMASHUVI

IZOTOP ALMASHUVI — biror ele ment izotoplarining sistemaning turli fazalari (suyuq, qattiq va b.), zarralari (molekula, ion) oʻrtasida qay-ta taqsimlanishi. Izotop almashuvida moddalar tarkibini saqlagan holda bir izotop shaklidan ikkinchisiga oʻtib turadi, mas, xlorning ogʻir izotopi 37S1 bilan boyitilgan vodorod xloridga xlorning odatdagi izotopi (75,53% 35S1 va 24,47% – 17S1) aralashtirilsa, Izotop almashuvi reaksiyasi: N37S1 + 35S12=N35S1 + 35S1»S1, N»S1+35S137S1=N35S1+37S12 natijasiyaa vodorod xloridda ogʻir izotop kamayib, xlorda koʻpayadi.

Izotop almashuvi — bir xil atomlar yoki atom guruhlari orasida roʻy beradigan alma-shinuvning bir koʻrinishi; bunday almashinuvning mumkinligini 1886-y. da Mendeleyev aytib bergan edi. Izotop almashuvi reaksiyalari gomogen (erigan modda bilan erituvchi oʻrtasida, gazlar aralashmasida va h. k.) va geterogen (qattiq va suyuq moddalar orasida, qattiq katalizator yuzasi bilan gazlar orasida va h. k.) sharoitda oʻtkazilishi mumkin. Izotop almashuvida reaksiyaga kirishuvchi moddalar izotoplar tarkibini tenglashtirishga intiladi va bunda izotoplar muvozanati vujudga keladi. Ammiak bilan ammoniy xlorid tarkibidagi azot elementlari oʻrtasidagi Izotop almashuvida avvaliga har ikki azotning tabiiy tarkibi bir xil boʻlib (I5N: I4N= 1:262), keyin esa hosil boʻlgan tuzda I5N ning mikdori ammiakdagiga nisbatan 3,4% kupayadi. Ana shunday Izotop almashuvini maxsus fraksion kolonnalarda koʻp marta qaytarib, I4NH4C1+I5NH3 15NH4C1+14NH3 reaksiyasi asosida I5NH4C1 olish mumkin. Ana shunday yoʻl b-n uglerod 13S, ol-tingugurt 34S, *S va b. ning ogʻir izo-toplari konsentratlari olinadi. Izotop almashuvi izotop indikatorlar sifatida qoʻllaniladigan moddalarga izotop belgi ki-ritish usullaridan biri boʻlib xizmat qiladi. Mas, ogʻir benzol C6D6 ni Izotop almashuvi yoʻli bilan oddiy benzol S6N6 va ogʻir sulfat kislota D2SO4 dan olish oson, ogʻir sulfat kislota esa oʻz navbatida SO3 ni D2O da eritib olinadi.

Izotop almashuvi imkoniyati va tezligi molekulalarning tabiati, tuzilishi, muhit, katalizatorlar va b. ga bogʻliq. Mas, fenol S6N5ON bilan D2O oʻrtasidagi N—D almashinuvi — ON guruxda bir lahzada, benzol halqasida esa gʻoyat sekin boradi. Benzol halqasiga — NO2 guruhi kiritilsa yoki D2O suyuq ammiak ND3 b-n almashtirilsa, yadrodagi almashinuv juda tezlashadi. Izotop almashuvi krnu-niyatlari va tartibini oʻrganish katta axamiyatga ega, chunki oddiy kimyoviy reaksiyalarda atomlar va guruhlar ha-rakatchanligi shu qonuniyatlarga boglik.

Izotop almashuvi turli ilmiy ishlarda va sanoatda keng qoʻllaniladi. Ogʻir suvni sanoat miqyosida olishda deyteriyni konsentrlash Izotop almashuvi reaksiyasi orqali amalga oshadi.

Ad.: Radioaktivnыye indikatorы v ximii. Osnovы metoda, pod red. V. B. Lukyanova, 3 izd., M., 1985.

Rustam Maʼrupov.


Lotin alifbosida maqola: IZOTOP ALMASHUVI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
KATALIZ
ATOM FIZIKASI
YER
VODOROD


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты