HID BILISH AʼZOLARI

HID BILISH AʼZOLARI — odam va hayvonlarning hid sezish aʼzolari. Odamda burun boʻshligʻining yuqori — orqa qismida joylashgan. Talaygina sut emizuvchilar burnidagi hid bilish qismi burun boʻshligʻi suyak devorining qoʻshimcha chigʻanogʻi hisobiga kengaygan. Sudralib yuruvchilar, baʼzan sut emizuvchilar burun toʻsi-gʻida Hid bilish aʼzolaridan boshqa yakobson aʼzosi ham bor. Baliqlarda Hid bilish aʼzolari juft burun oʻyigʻi yoki qopchiqlaridan iborat boʻlib, boshida — ogʻiz teshigi yonida joylashgan. Hasharotlar hidni antennalaridagi sensillalar bilan sezadi. Hid bilish aʼzolarining spetsifik funksiyasini ulardagi urchuqsimon hujayra — retseptorlar taʼminlaydi. Har bir hujayrada 2 oʻsimta bor: oʻsimtaning uzun va ingichka markazi hid bilish nervi tarkibiga kiradi; ikkinchi oʻsimta — periferik qismdir |peri-ferik qism umurtqali hayvonlarda hid biluv epiteliysi yuzasida toʻgʻno-gʻichsimon yoʻgʻonlashib tugaydi; bularda bir tutam ingichka (0,25—0,3 mkm) tuklar (uzunligi bir necha oʻn mkm) boʻladi|. Quruklikda, suvda yashovchi umurtqalilar va hasharotlarning hid biluv tuklari bez hujayralari ajratgan shilimshiq modda bilan qoplangan. Hidli moddalar molekulasi dastlab suv yoki havodan shu modda — oraliq muhitga tushadi. Shu tuklarda hujay-raning hidli moddalar molekulasi bilan birlamchi oʻzaro taʼsiri amalga oshadi.


Lotin alifbosida maqola: HID BILISH AʼZOLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HUJAYRA
YER
HID BILISH
ODAM
BURUN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты