ILMI TAʼLIF

ILMI TAʼLIF (arab. — yaratish ilmi) — oʻrta asrlar Sharq musiqa nazariyasida ilmi musiqiyning muhim tarmogʻi. Ilmi taʼlif kuy yaratishga taallukli barcha masalalardan bahs etgan: nagʻma, boʻd, jins, jam, maqom (lad), alhon (kuy)ning turli xillarini yuzaga keltirish, musiqa asboblarining tuzilishi, ularda turli balandlikdagi tovushlar hosil qilish usullari, umuman ijrochilik masalalari, oʻsha davrdagi musiqaviy hayot, musiqa estetikasi va b. I. t. Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Safiuddin al-Urmaviy, Mahmud ashSheroziy, Muhammad al-Omuliy, Xoʻja Abdulqodir, Abdurrahmon Jomiy, Zaynulobidin alhusayniy asarlarida keng sharhlangan.


Lotin alifbosida maqola: ILMI TAʼLIF haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
FOROBIY
JOMIY
MUSIQA
MAQOM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты