HIJRIY YIL HISOBI

HIJRIY YIL HISOBI — musul monlar yil hisobi. Muhammad (sav) ning Makkadan Madinaga koʻchishi (q. Hijra) bilan bogʻliq. Qamariya (hijriy-qamariy yil) va shamsiya (hijriy-shamsiy yil)ga boʻlinadi.

Qamariya boʻyicha yil hisobi 622-y. ning 16-iyuli juma kunidan boshlanib, Oyning ketma-ket kelgan ikki bir xil fazasi orasida oʻtgan vaqt — sinodik oy (29,530588 kun) davriga asoslangan. 12 oydan iborat bir qamariy yil 354,3671 kundan iborat. Qa-mariy yilda 1, 3, 5, 7, 9 va 11-oylar 30 kundan, qolganlari 29 kundan butun qilib olingan. Oylar tartibi bilan muharram, safar, rabiul avval, rabiul oxir, jumodul avval, jumo-dul oxir, rajab, shaʼbon, ramazon, shavval, zulqaʼda va zulhijja deb ataladi. Qamariy yil tropik yildan 10 — 12 kun qisqa. Qamariy yilning baʼzilari kabisa yil boʻlishiga sabab yilning kasr qismi (0,3671 kun) har 30 y. da 11,013 kunni tashkil etishidir. Uning 19 yili oddiy (354 kunlik), 11 yili kabisa (355 kunlik), 38-y. lik arabcha siklning 2, 5, 7, 10, 13, 16, 18, 21, 24, 26 va 29-y. lari kabisa deb qabul qilingan. Qamariya hisobi Yaqin va Oʻrta Sharqning koʻp davlatlari va b. baʼzi davlatlarda qoʻllanadi.

Shamsiya 622-y. ning bahorgi teng kunlik kuni — 21-martdan boshlab hisoblanadi; keyingi yil boshlari esa 20, 21 yoki 22-martga toʻgʻri keladi. Davomiyligi Grigoriy kalendaridat kabi 365 yoki 366 kundan iborat. Shamsiya boʻyicha oylarning nomlari hut, hamal, savr, javzo, saraton, asad, sumbula, mezon, aqrab, qavs, jaddi va dalv boʻlib, bu oylar doimo yilning maʼlum bir vaqtlarida keladi.

Oʻrta Osiyoda yangi uslub keng ommaviylashgunga qadar qamariya hisobi ham, shamsiya hisobi ham ishlatilib kelingan; Shamsiya hisobi boʻyicha yilning dastlabki kunlarida Navroʻz bay-rami oʻtkazilgan.

Hijriy yil hisobining sanalarini yangi uslub (Grigoriy kalendari)ga aylantirishda maxsus formulalar va jadvallar qoʻllanadi. Mas, Grigoriy kalendarining 1980-y. qamariyaning 1399/1400-y. lariga va Shamsiyaning 1359/1360-y. lariga toʻgʻri keladi (yana q. Burjlar, Kalendar).


Lotin alifbosida maqola: HIJRIY YIL HISOBI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KALENDAR
Shohjahon Jo'raev - Ramazon, xush kelding
YER
Oybek Xolmedov - Mohi Ramazon
Abdulaziz Qori, Doston Ubaydullaev, Sardor Rahimxon - Bayram Ramazon (Ramazon tuhfasi)


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты