INDIVIDUALLIK (lot. individuum — boʻlinmas) — muayyan narsa va hodi-sa, shaxs va jonivorning oʻzigagina xos, betakror, xususiy belgilar. Belgi sifatlarining oʻziga xosligi b-n I. umumiylikka (individ esa umumga) qaramaqarshi qoʻyiladi. Dastlab, Individuallik antik davrda atokli yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit tomonidan muayyan shakl va mazmunga, yaʼni oʻziga xos belgilarga ega boʻlgan narsa va hodisalarga, jumladan, atom yoki individ (yaʼni, boʻlinmas) kabilarga xos xususiyatlarni aniqlash jarayonida maʼlum boʻlgan. Qad. Rim faylasufi Seneka I. tushunchasini yanada takomillashtiradi. Individuallik oʻziga xos xususiyatlarni va mazmunini yoʻqotmay turib, boshqa boʻlaklarga boʻlinmaydigan aniq bir narsa (mavjudot) ekanligini eʼtirof etgan. Oʻrta asrlar falsafasida Individuallik inson shaxsi tushunchasini ifodalagan. 17 – a. da Individuallik bilan bogʻliq fikrmulohazalar nemis faylasufi Leybnis taʼlimotida atroflicha rivojlantiriladi. Individuallik nemis adibi Individuallik Gyote ijodida ham oʻz ifodasini topdi. Individuallik romantizm dunyoqarashi uchun ham xos xususiyatdir.
Hoz. Individuallik tushunchasi ilmfanda turli maʼnolarda ishlatiladi. Mas, biologiyada Individuallik biror organizmga xos irsiy yoki keyinchalik paydo boʻlgan xususiyatlarning oʻziga xosligidir; psixologiyada muayyan bir shaxsning fikrlashi, sezgisi, irodasi, istak va intilishi, ehtiyoji, qiziqishi, kay-fiyati, hissiyoti, ahvoli, xattiharakati, odati, mayli, qobiliyati va b. sifatlarini, shuningdek, mijozi va tabiatining oʻziga xosligini anglatadi. Ijtimoiy fanlarda Individuallik olomonga, guruxga zid tushuncha sifatida oʻrganiladi. Adabiyotshunoslikda Individuallik badiiy obrazning oʻziga xos xususiyatlari asarda qay darajada hayotiy, haqqoniy aks ettirilganini koʻrsa-tadigan mezon boʻlib xizmat qiladi. Badiiy asar qahramonining oʻziga xosligi uning milliyligi va qaysi ijtimoiy qatlamga mansubligini ham belgilaydi. Yozuvchining oʻziga xos tili va uslubiga xos belgilar xam Individuallikni tashkil etadi.