INDUKTIVLIK GʻALTAGI

INDUKTIVLIK GʻALTAGI — sigʻimi va faol qarshiligi ancha kichik boʻlgani holda katta induktivlik qosil qiladigan spiralsimon oʻtkazgich. Bir tolali, baʼzan, koʻp tolali izolyatsiyalangan simni silindr, toroid yoki toʻgʻri toʻrtburchak shaklli dielektrik-karkasga oʻrab tayyorlanadi. Karkassiz Induktivlik gʻaltagi ham bor. I. gʻ. simini bir qatlamli va koʻp qatlamli qilib oʻrash mumkin. Gʻaltak induktivligini oshirish uchun, koʻpincha, ferromagnit (elektrotexnika poʻlati, permalloy, ferrit va b.), oʻzak qoʻllaniladi. Induktivlik gʻaltagi induktivligi gʻaltak oʻlchamlariga, oʻramlari soni kvadra-tiga va oʻzakning magnit singdiruvchanligiga toʻgʻri proprsional boʻladi. U elektr filtrlar va tebranish konturlarining elementi sifatida, transformatorlarda, rele, magnitli kuchaytirgich, elektromagnit va b. da qoʻllaniladi.

Mikromodullarda qoʻllaniladigan yassi bosma gʻaltak, elektr mashinalarining chulgʻamlari, ramkali va ferrit antennalar ham Induktivlik gʻaltagi xillari hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: INDUKTIVLIK GʻALTAGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANTENNA
ELEKTR
DIELEKTRIK KUCHAYTIRGICH
BOSMA MASHINA
ELEKTROTEXNIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты