INKUBATSION DAVR

INKUBATSION DAVR (lot. incubatum — tinch yotmoq) , yashirin davr, inkubatsiya — infeksion kasallik yuqqan paytdan tortib dastlabki belgilari paydo boʻlguncha oʻtadigan vakt. Inkubatsion davrda mikroblar va ularning toksinlari organizmda koʻpayadi va toʻplanadi. Turli kasalliklarda Inkubatsion davrning da-vomiyligi turlicha. U odam organizmining ahvoli, infeksiyaga qarshilik koʻrsatishi, immunitet bor-yoʻkligi, shuningdek, organizmga kirgan kasallik mikroblarining mikdori, viru-lentligiga, organizmga kirgan joyi va b. sabablarga bogʻliq. Muayyan kasallikdan saklash maqsadida Inkubatsion davrni uzaytirish mumkin. Aholi oʻrtasida yuqumli kasalliklarning tarqalish tezligi Inkubatsion davr uzunligiga bogʻliq. Inkubatsion davri qisqaroq boʻlgan infeksion kasalliklar (mas, gripp) I. d. i uzun kasalliklarga nis-batan tezroq tarqaladi.

Infeksion kasallikning Inkubatsion davr ini bilish tashhis qoʻyish va kasallikning yuqish manbalarini aniqlash uchun kat-ta ahamiyatga ega. Inkubatsion davr oxiriga yaqin, kasallikning roʻyirost belgilari toʻla namoyon boʻlguncha, mas, vabo, koʻkyoʻtal, skarlatina, tepki, qizamiq bilan ogʻrigan bemor kasallik mikroblarini tashqariga chiqaraveradi, demak, u I. d. oxiridayoqtevarakatrofdagilarga xavf tugʻdiradi, shuning uchun be-morni ajratib (alohidalab) qoʻyish zarur.

Bezgak, zotiljam va b. baʼzi kasalliklarda Inkubatsion davrdan keyin kasallik belgilari biratoʻla yuzaga chiqadi. Ich terlama, qizamiq, quturish va b. kasalliklarda Inkubatsion davrdan keyin xarakterli belgilar paydo boʻlguncha prodromal davr oʻtadi.


Lotin alifbosida maqola: INKUBATSION DAVR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



INFEKSION KASALLIKLAR
YER
IMMUNITET
TIBBIYOT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты