HISOBLASH MASHINASI — axborotlarni toʻplash, saqlash va qayta ishlash (hisoblash) masalalarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish uchun moʻljallangan qurilma yoki qurilmalar majmui. Asosan 3 sinfga boʻlinadi: analog hisoblash mashinasi, raqamli hisoblash mashinasi va gibrid hisoblash mashinasi. Hozir asosan raqamli Hisoblash mashinasi kengroq qoʻllanadi (yana q. Kibernetika, Kompyuter, Elektron hisoblash mashinasi, Hisoblash texnikasi).