IONITLAR, ion almashtiruvchilar, ion almashtiruvchi sorbentlar — elektrolit eritmalarga taʼsir ettirilganda ion almashtira oladigan, tarkibida ionogen va (yoki) kompleks hosil qiladigan gu-ruxlar tutgan polimer yoki anorganik moddalar. Koʻpchilik Ionitlar — amorf yoki kristall holdagi, amalda erimaydigan qattiq moddalardir. Kimyoviy tabiatiga koʻra, ular organik, anorganik, mineralorganik, kelib chiqi-shiga koʻra, tabiiy va sunʼiy Ionitlarga boʻlinadi. Organik Ionitlarga ion almashtiruvchi smolalar, kimyoviy faollashtirilgan koʻmir, torf, sellyuloza, anorganik Ionitlarga alyumosilikatlar (se-olitlar, permutitlar) va koʻp valentli metallarning gidroksidlari, fosfatlari, sianidlari misol boʻla oladi. Ionitlar elektrolitlar (tuzlar, kislo-talar va ishqorlar) eritmasidan musbat yoki manfiy ionlarni (kati-onlarni yoki anionlarni) yutib, ularning urniga ushanday zaryadli boshqa ionlarni ekvivalent mikdorda chiqara oladi.
Almashinuvchi ionlar zaryadining ishorasiga karab, Ionitlar kationitlar va anionitlarga bulinadi. Kationitlarda faol kislota guruh (—SO3H, — SOON va b.) bor, ular vodorod ionlarini (yoki musbat zaryadlangan boshqa ionlarni) metall ionlarga almashti-ra oladi. Anionitlarda asos xos-salari bor. Aksariyati — tarkibida faol asos guruhi (—NH2, — NH—, Ns) boʻlgan yuqori molekulali polimer birikmalardir; ular gidroksil ionlarini (yoki manfiy zaryadlangan boshqa ionlarni) erigan tuz yoki kislota anionlariga almashtira oladi. Ionitlarni bir necha marta ishlatish mumkin. Ular suvni yumshatish, tabiiy suvlardan nodir metallar (oltin, uran, ittriy va b.) ni ajratib olishsa, oziq-ovqat, kimyo sanoatida turli moddalarni ajratish va tozalashda qoʻllaniladi. Analitik kimyoda, oʻta sof moddalar i. ch. da, biologik faol moddalar, oqsillar, viruslar, DNK va RNK kabi moddalarni ajratishda, shuningdek, tibbiyetda (qonni zaharli moddalardan tozalashda) ishlatiladi.