IRSIYATNING XROMOSOMA NAZARIYASI

IRSIYATNING XROMOSOMA NAZARIYASI — irsiy omillarning xujayra xromosomalarida joylashishi haqidagi taʼlimot. Bu taʼlimotga koʻra, organizm belgi va xususiyatlarining nasldan naslga oʻtishi xromosomalar bilan bogʻliq. Irsiyatning xromosoma nazariyasini dastlab nemis sitolog olimi T. Boveri (1902—07) va amerikalik olim U. Setton (1902—03) asoslab bergan. Keyinchalik 20-a. boshlarida bu nazariya amerikalik genetik T. X. Morgan va uning xodimlari tomonidan batafsil ishlab chiqilgan. Hayvonlar jinsini aniqlashning genetik mexanizmini oʻrganish orqali jinsning jinsiy xromosomalarning naslda taqsimlanishi b-n bogʻliqligining aniqlanishi Irsiyatning xromosoma nazariyasini isbotladi. Amerika genetigi K. Brijes (1913) tomonidan urgʻochi drofozilada meyoz jarayonida xromosomalarning ajralib ketmasligining kashf etilishi va jinsiy xromosomalar taqsimlanishining buzilishi birikkan irsiy belgilarning oʻzgarishi bilan bogʻliqligining aniqlanishi Irsiyatning xromosoma nazariyasini uzil-kesil tasdikladi.

Irsiyatning xromosoma nazariyasi rivojlana borishi tufayli bitta xromosomada joylashgan genlar bitta birikish guruhini hosil qilishi va birgalikda irsiylanishi; birikish guruxlari soni har qaysi tur uchun doimiy boʻlib, xromosomalarning gaploid soniga teng boʻlishi; genlarning birikishi bilan bogʻliqbelgilar xam birgalikda irsiylanishi aniqlandi. Mitoz jarayonida xromosomalarning chalkashuvi (krossingo-ver) genetik materialning xromosomalar oʻrtasida qayta taqsimlani-shiga (q. Rekombinatsiya), binobarin belgilarning birikkan holda irsiylanishining buzilishiga olib kelishi mumkin. T. Morgan va b. genetik olimlarning drozofilada genlarning birikishi va krossingoverni bataf-sil oʻrganishi xromosomalarning genetik xaritasini tuzib chikish uchun asos boʻldi. Keyinchalik genlarning murakkab tuzilganligi va belgilarning irsiylanishida nuklein kislotalarttt ahamiyati ochib beriladi.

Genlar joylashishi effekti (genlarning namoyon boʻlishi ularning xromosomalarda joylashishiga boglikligi) ning kashf etilishi genetik material diskretli va izchilligining umumiyligi toʻgʻrisidagi genetikaning eng muhim prinsiplaridan birining shakllanishiga imkon beradi.


Lotin alifbosida maqola: IRSIYATNING XROMOSOMA NAZARIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GENETIKA
BIOLOGIYA
FIZIKA
MEYOZ
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты