MEYOZ

MEYOZ (yun. meiosis — kamayish) — hujayra yadrosining xromosomalar sonining 2-marta kamayishi (reduksiya) orqali boradigan boʻlinishi. Jinsiy koʻpayadigan oʻsimlik va hayvonlar uchun xos (q. Jinsiy koʻpayish). M. — irsiyat va oʻzgaruvchanlikning asosiy mexanizmi. Meyoz urugʻ va tuxum hujayra hosil qiluvchi hujayralar — spermatsit va ovotsitlarning ketma-ket ikki marta boʻlinishi (1 – va 2 – M.)dan iborat. Har bir Meyoz boʻlinish mitoz singari 4 faza: profaza, metafaza, anafaza, telofazadan iborat. 1-M. profazasida gomolog xromosomalar konyugatsiyasi (oʻzaro chalkashuvi) va krossingover (gomologik xromosomalar oʻxshash qismlari oʻrtasida genlar almashinuvi) sodir boʻladi. Shundan soʻng mitoz pro-fazasidagi singari xromosomalar spirallashuvi boshlanadi; yadro membranasi va yadrocha yemirilib, boʻlinish duki hosil boʻladi. 1-M. metafazasida gomologik xromosomalar bir-biridan ajraladi va axromatin ipchalarga ilashib qarama-qarshi qutblarga tarqaladi. 1-M. telofazasida xromosomalar spirali yoyiladi; yadro membranasi va yadrocha shakllanadi; hujayra boʻlinib, xromosomalarning gaploid toʻplamiga ega boʻlgan hujayralar hosil boʻladi. 1-M. boʻlinishdan soʻng hosil boʻlgan hujayralardagi xromosomalarning har qaysisi 2 tadan xromatidga ega boʻladi. Hujayralar 2-M. ga kirishishidan oldin interfaza boʻlmaganligi tufayli xromosomalar soni oshmaydi. Qisqa interfazadan soʻng hujayralarning 2-M. boʻlinishi boshlanadi. 2-M. ham 4 ta fazadan iborat. 2-M. telofazasida DNK yangi hosil boʻlgan hujayralar oʻrtasida teng taqsimlanganidan xromosomalar soni 2 hissa kamayadi. Xromosomalar sonining 2 hissa kamayishi bilan poyoniga yetadigan bu jarayon reduk-sion boʻlinish deyiladi. Organizmlar hayot siklida (q. Hayot sikli) 3 xil Meyoz kuzatiladi. Odam, barcha koʻp hujayrali hayvonlar va ayrim tuban oʻsimliklar jinsiy organlarida (q. Urugʻdon, Tuxumdon) boradigan gametali, yaʼni terminal (uchki) Meyozda gametalar hosil boʻladi (q. Gametogenez). Urugʻ hujayralarning hosil boʻlishi spermatogenez, tuxum hujayralarning hosil boʻlishi ovogenez deyiladi. Koʻpchilik zamburugʻlar va suvoʻtlarda urugʻlangan tuxum hujayralanib boʻlinib, gaploid zoosporalar hosil qilishi zigota M. i. deyiladi. Yuksak oʻsimliklarning jinsiy organlarida gaploid sporalarning hosil boʻlishi (sporogenez)dan iborat jarayon spora Meyoz, yaʼni oraliq M. deyiladi. Meyoz ota yoki ona organizm xromosomalari hosil boʻlgan jinsiy hujayralar (q. Gametalar) oʻrtasida teng taqsimlanadi. Gametalar ota-ona organizmlari irsiy belgilarini tashuvchilar hisoblanadi. Jinsiy hujayralarning qoʻshilishi natijasida hosil boʻladigan zigotada xromosomalarning diplo-id toʻplami tiklanadi. Zigotada erkak va urgʻochi organizm irsiy belgilari mujassamlashgan boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: MEYOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MITOZ
IRSIYAT
HUJAYRA
YER
KROSSINGOVER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты