MITOZ

MITOZ (yun. mitos — ip) , kariokinez — eukariot hujayralarning boʻlinib koʻpayish usuli. Mitozdan oldin hujayra boʻlinishga tayyorgarlik davri (interfaza)ni oʻtadi. Interfazada DNK, oqsil, ATF sintez boʻladi. Natijada xromosomalardagi DNK miqdori ikki hissa ortadi (q. Xromosomalar). Bu jarayon replikatsiya deyiladi. Mitoz 4 faza: profaza, metafaza, anafaza, telofazadan iborat. Profazada xromosomalar spirallashib, yiriklasha boshlaydi; yadro membranasi va yadrocha yemirilib, xromosomalar sitoplazmaga tarkalib ketadi. Profaza oxirida sentrosomalar hujayra qutblariga joylashib oladi; ular oʻrtasida mikronaychalardan iborat axromatin ipchalar paydo boʻlib, boʻlinish duki hosil boʻladi. Metafazada xromosomalarning spirallashib yoʻgʻonlashuvi davom etadi. Metafaza oxirida xromosomalar hujayra markazida boʻlinish oʻqi ekvatorida joylashib oladi. Bu fazada har bir xromosoma 2 ta xromatildan iborat boʻlib, ular sentromerasi orqali oʻzaro birikkan, xromatidlar esa boʻlinish duki iplariga ilashgan boʻladi. Anafazada xromatidlar oʻrtasidagi bogʻlanish uzilib, har bir xromosoma 2 ta mustaqil xromatidga ajraladi. Axromatin ipchalarning qisqarishi tufayli xromosomalar qarama-qarshi qutblarga tarqala boshlaydi. Telofazada xromosomalar kugblarga joylashadi; spirali yoyilib ular yana uzun ipchalar — xromatidlar shakliga kiradi va yorugʻlik mikroskopda koʻrinmaydigan boʻlib qoladi; yadrocha qayta tiklanadi; yadro membranasi hosil boʻladi. Sitoplazma oʻrtasida botiqlik paydo boʻlib, chuqurlasha borishi va hujayraning teng ikkiga boʻlinishi bilan telofaza tugallanib, yana qaytadan interfaza boshlanadi.

Mitozda sodir boʻladigan jarayenlar nerv sistemasi hamda buyrak usti bezi, gipofiz, qalqonsimon bez, jinsiy bezlar va b. sekretsiya bezlari ishlab chiqaradigan gormonlar orqali neyrogumoral sistema tomonidan boshqariladi. Mitozning kecha-kunduzlik maromi muhitdagi kechakuiduz davomida sodir boʻlib turadigan oʻzgarishlar va organizmlar aktivligi bilan bogʻliq. Mitozning davomiyligiga hujayraning oʻlchami, yadroning ploidligi, atrof muhit sharoiti (xususan, harorat) taʼsir qiladi. M hayvon hujayralarida 30—60 min., oʻsimlik hujayralarida 2—3 soat davom etadi. Mitozning biologik ahamiyati boʻlinishga kirishgan dastlabki ona hujayra xromosomalarining boʻlinishdan keyin xrsil boʻladigan ikkita yangi qiz hujayralar oʻrtasida teng taqsimlanishidan va bitta hujayra boʻlinib, unga aynan oʻxshash ikkita hujayraning vujudga kelishidan iborat. Mitoz daorganizmning oʻsishi va rivojlanishi, shikastlangan hujayralarning tiklanishi, oʻlgan hujayralar oʻrniga yangi hujayralar hosil boʻlishi taʼminlanadi. Baʼzan Mitoz tugallanmay qolishi tufayli koʻp yadroli — poliploid hujayralar paydo boʻladi yoki politen xromosomalar vujudga keladi (yana q. Meyoz, Amitoz, Endomitoz).


Lotin alifbosida maqola: MITOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MEYOZ
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
HUJAYRA
METAFAZA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты