ISSIQLIK HARAKATI

ISSIQLIK HARAKATI — moddani tashkil etgan zarralar (molekulalar, atomlar, elektronlar va b.)ning tartibsiz (xaotik) harakati. Termodinamik muvozanatli holatdagi zarralarning barcha yoʻnalishlaridagi teng ehtimolli tartibsiz harakati xaotik harakat deyiladi.

Real gaz molekulalari bir toʻqnashishdan keyin ikkinchi toʻqnashishgacha toʻgʻri chizikli tekis harakatlanadi. Gazdagi molekulalarning bu ilgarilanma harakatlari barcha yoʻnalishlarda xaotik harakatdir. Molekula ilgarilanma harakatining oʻrtacha kinetik energiyasi energiyaning teng taqsimlanishi qonuniga binoan, =3-(kT/2). Issiqlik harakatining intensivligi mikdoriy jihatdan t-ra T orqali aniqlanadi (k — Bolsman doimiy-si). Siyrak gaz molekulalarining Issiqlik harakati tufayli uning idish devoriga bosimi quyidagicha ifodalanadi: r=pkT, bunda p — hajm birligidagi molekulalar soni (zichligi). Oʻzgarmas bosimda gaz t-rasi T pasayishi va zichligi p ortishi bilan erkin yugurish yoʻli kamayadi va ilgarilanma harakat bilan bogʻliq tartibsiz harakat susayadi.

Suyuq holatdagi modda molekulasi oʻz atrofidagi molekulalar bilan aylanma va tebranma harakatda doimo toʻqnashishda boʻladi; molekula amorf jis-mlar, jumladan, suyuqliklarda molekulalarning Issiqlik harakati — vaqtincha muvozanatli holatlari atrofida tartibsiz joylashgan molekulalarning tebranma harakatlaridan va bu harakatlar davomida ularning baʼzan bir muvozanatli tebranish holatlaridan boshqalariga sakrashlaridan iborat. Kuchli yopishqoq suyuqliklarda, ayniqsa, amorf jismlarda, jumladan, shishalarda bunday sakrashlar nihoyatda oz boʻladi. Suyuklik molekulalarining Issiqlik harakati dagi tartibsiz ilgarilanma harakati shu sakrashlar tufayli sodir boʻladi. T-ra ortishi bilan Issiqlik harakatini ifodalovchi tebranma harakatlar va sakrab oʻtishlar kuchayadi.

Qattiq jismda Issiqlik harakati — undagi atomlarning muvozanatli holatlari atrofida kichik tebranishlaridan iborat; t-ra ortishi bilan tebranishlar am-plitudalari kattalashadi. Kristallanish t-rasida kristall va suyuklikning issiklik sigʻimlari bir-biridan kam farqlanadi; binobarin, ulardagi Issiqlik harakatilar bu t-rada taxm. bir xil xususi-yatga ega boʻladi. Kristall qattiq jismda Issiqlik harakatining susayishi tufayli, maʼlum oʻtish tralarida, mas, paramag-nitning ferromagnitga yoki antiferromagnitga oʻtishida tartibsiz aylanma harakat tartibli holatga oʻtadi. Kristall qattiq jismlar atomlarining Issiqlik harakati, kvant statistikaga asosan, fononlar gazi orqali tavsiflanadi; issiklik qattiq jismda fononlar yordamida uzatiladi.

Loading...
Search
  • A harfi
  • B harfi
  • V harfi
  • G harfi
  • G' harfi
  • D harfi
  • Y harfi
  • J harfi
  • Z harfi
  • I harfi
  • K harfi
  • Q harfi
  • L harfi
  • N harfi
  • M harfi
  • O harfi
  • P harfi
  • R harfi
  • S harfi
  • T harfi
  • Sh harfi
  • E harfi
  • Ch harfi
  • H harfi
  • X harfi
  • F harfi
  • O' harfi
  • U harfi

Suyuq holatdagi modda molekulasi oʻz atrofidagi molekulalar bilan aylanma va tebranma harakatda doimo toʻqnashishda boʻladi; molekula amorf jis-mlar, jumladan, suyuqliklarda molekulalarning Issiqlik harakati — vaqtincha muvozanatli holatlari atrofida tartibsiz joylashgan molekulalarning tebranma harakatlaridan va bu harakatlar davomida ularning baʼzan bir muvozanatli tebranish holatlaridan boshqalariga sakrashlaridan iborat. Kuchli yopishqoq suyuqliklarda, ayniqsa, amorf jismlarda, jumladan, shishalarda bunday sakrashlar nihoyatda oz boʻladi. Suyuklik molekulalarining Issiqlik harakati dagi tartibsiz ilgarilanma harakati shu sakrashlar tufayli sodir boʻladi. T-ra ortishi bilan Issiqlik harakatini ifodalovchi tebranma harakatlar va sakrab oʻtishlar kuchayadi.

Qattiq jismda Issiqlik harakati — undagi atomlarning muvozanatli holatlari atrofida kichik tebranishlaridan iborat; t-ra ortishi bilan tebranishlar am-plitudalari kattalashadi. Kristallanish t-rasida kristall va suyuklikning issiklik sigʻimlari bir-biridan kam farqlanadi; binobarin, ulardagi Issiqlik harakatilar bu t-rada taxm. bir xil xususi-yatga ega boʻladi. Kristall qattiq jismda Issiqlik harakatining susayishi tufayli, maʼlum oʻtish tralarida, mas, paramag-nitning ferromagnitga yoki antiferromagnitga oʻtishida tartibsiz aylanma harakat tartibli holatga oʻtadi. Kristall qattiq jismlar atomlarining Issiqlik harakati, kvant statistikaga asosan, fononlar gazi orqali tavsiflanadi; issiklik qattiq jismda fononlar yordamida uzatiladi.


Lotin alifbosida maqola: ISSIQLIK HARAKATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
YER
PLAZMA
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты