ISTEʼMOL SAVATI

ISTEʼMOL SAVATI — muayyan vaqt (oy, yil) da isteʼmol etiladigan mahsulotlar turi va toʻplamining oila yoki jon boshiga hisoblangan miqdori. Kishi yoki oila oylik (yillik) hisobiy tovarlar (xizmatlar) isteʼmolining tipik darajasi va tuzilmasini tavsiflaydi. Moddiy oʻlcham va pul shaklida hisoblanadi. Bunday toʻplam amaldagi narxlarga koʻra I. s. dan kelib chiqib minimal isteʼmol byudjeta (tirikchilik minimumi)ni hisoblab chiqishga xizmat qiladi. Isteʼmol savati foydalanish maqsadiga koʻra, oziq-ovqat mahsoʻlotlari (mas, goʻsht va goʻsht mahsulotlari, tuxum, sut va sut mahsulotlari, un, guruch, non va yorma, shakar, oʻsimlik moyi, meva-sabzavot va b. mahsulotlar), nooziq-ovqat tovarlari (kiyim-kechak, gazlama, poyabzal, mebel, uy jihozlari, xoʻjalik buyumlari, madaniy tovarlar va b.) va madaniy-maishiy xizmatlar, shu jumladan, pulli ijtimoiy xizmatlar (maishiy texnikalar tizimi, kir yuvdirish, kimyoviy tozalash, tomoshalar koʻrish, pulli davolanish, pulli oʻqish va b.) ga ajraladi.

Isteʼmol savatiga kiritiladigan mahsulotlar avval mikdoran belgilanadi, soʻngra pulga chaqilib, qiymati aniqlanadi. Odatda, minimal Isteʼmol savati s, yaʼni eng zarur isteʼmol belgilanadi. Isteʼmol savati milliy xu-susiyatga ega boʻlib, muayyan mamlakatning iqtisodiy darajasi, isteʼmol tarkibini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi. Isteʼmol savati era turli mikdordagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi. Isteʼmol savati mamlakatning iqtisodiy qudrati va aholi isteʼmol xususiyatlariga koʻra, har bir davlatda har xil boʻlishi mumkin (mas, Oʻzbekistondagi Isteʼmol savati qiymati 1998-y. dek. da jon boshiga 2480 soʻm 12 tiyinni tashkil etdi). Shuningdek, Isteʼmol savati hisobiy va real isteʼmol darajasini qiyoslash bazasi boʻlib, iqtisodiy ahvolga baho berishga ham xizmat qiladi.


Lotin alifbosida maqola: ISTEʼMOL SAVATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
TOSHKENT
YAPONIYA
MEBEL SANOATI
QORAQALPOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты