HORIS ibn SURAYJ

HORIS ibn SURAYJ (? – 746.21.4) — arab sarkardasi, Movarounnahrda umaviylarga qarshi xalq harakati rah-bari. Xurosondagi xorijiylar rah-namosi. Movarounnahrni arablar tomonidan bosib olinishida faol qatnashgan. Horis ibn surayj ibn S. umaviylarni tanqid qilib, Qurʼon oyatlariga rioya qilmayotganliklari va paygʻambar sun-nati boʻyicha ish tutmayotganliklari uchun ularni qoraladi. U zimmiylar bilan tuzilgan shartnomaga rioya qili-shi, musulmonlardan (shu jumladan, musulmonlikni qabul qilganlardan) xiroj olmaslikni vaʼda qildi. Horis Movarounnahrda joylashgan musulmon garnizonlarini oʻz tarafiga ogʻdi-rib, Toxaristonda (Balx viloyati) oʻrnashib olgan edi. Samarqand shohi Gʻurak, dehqonlar va Turk xoqoni Abu Muzahhim Horis ibn surayj ibn S. ni Xurosonni egallash uchun yuborganlar. 734—735-y. larda u bu yerda qoʻzgʻolon koʻtargan, biroq Xuroson noibi Asad ibn Ab-dulloh tomonidan qoʻzgʻolon bostirilgan. Horis Samarqandga qaytib kelgan. 739-y. Xurosonning yangi noibi Nasr ibn Sayyor boshliq umaviylar qoʻshini Samarqandga yurish qilgan, biroq u muvaffaqiyatsiz chiqqan. Nasr soliq tizimini oʻzgartirishga qaror qilgan. U yuqori tabaqa vakillarini oʻz tomoniga ogʻdirib olgan takdirda-gina qoʻzgʻolonni bostirish mumkin deb hisoblagan. Buning uchun u islomni qabul qilgan mahalliy aholini arablar bilan tenglashtirgan, ularni juzʼyadan ozod qilgan. Nasr 739-y. Samarqandga yurish boshlagan. Horis ibn surayj ibn S. oʻz xorijiylari bilan shu yerda joylashgan edi. Nasr shahar aholisini suvdan mahrum qilib, uni taslim qilishga urindi, Samarqand zodagon dehqonlarining bir qismini oʻz tomoniga agʻdarib, ularni Horis ibn surayj ibn S. ga shaharni boʻshatib chiqib ketishni taklif qilishga majbur qildi. Horis ibn surayj ibn S. oʻz safdoshlari bilan Shoshga ketishga majbur boʻlgan. Nasr shaharni egallab Marvga qaytmoqchi edi, lekin Iroq noibi Yusuf ibn Umar undan Horis ibn surayj ibn S. ga boshpana bergan Shoshga hujum qilishni talab qilgani uchun katta qoʻshin (20 ming) bilan Shoshga yurish qiladi. Turk xoqoni amakivachchasi Qursul Horis ibn surayj ibn S. va Shosh hokimi Qodir ibn Badrni quvvatlab 15 ming kishilik yollanma qoʻshin bilan Sirdaryo boʻyida Nasrning yoʻlini toʻsadi va tunda musulmonlar qarorgohiga teztez hujum qilib turadi. Ana shunday hujumlardan birida Qursul asir olinib, oʻtda kuydiriladi. Shosh hokimi va Horis ibn surayj ibn S. Shosh qalʼasiga qocha-dilar. Nasr avval Fargʻonaga, soʻng Shoshga hujum qiladi. Horisning oʻzi mansub boʻlgan tamim qabilasi Nasr tomonida turib urush qiladi, shu tufayli Horis tamimiylarga qarshi urushdan bosh tortadi. Shosh hokimi Nasrga sulh taklif etadi. Unga koʻra, Horis ibn surayj ibn S. Shoshni tark etadi, Foryob qishlogʻiga joʻnaydi. Marvdagi jangda halok boʻlgan, xochga tortilgan.

Mahfuza Alimova.


Lotin alifbosida maqola: HORIS ibn SURAYJ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QURʼON
TOSHKENT
TEMURIYLAR
AMIR TEMUR
ISLOM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты