HUQUQ SUBYEKTI

HUQUQ SUBYEKTI — qonunga bino-an huquqqa ega boʻlish va zimmasiga yuridik majburiyatlar olish layoqatiga ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs. H. s. huquqning barcha sohalarida huquqiy munosabatlarntgg zaruriy belgisi boʻlib, ularning har birida subyektlarning mavqei muayyan oʻziga xoslikka ega. Mas, fuqaroviy huquqiy munosabatlarda fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqarolikka ega boʻlmagan shaxslar jismoniy shaxs sifati-da; tijorat va notijorat tashkilotlari yuridik shaxs sifatida qatnasha-dilar; fuqaroviy huquqiy munosabatlar subyektlarining uchinchi turini davlatning oʻzi, davlat va mahalliy tuzilmalar tashkil etadi. Maʼmuriy huquqiy munosabatlarda asosan davlat organlari, mansabdor shaxslar, fuqa-rolar va ayrim hollardagina tashki-lotlar (yuridik shaxslar) Huquq subyekti boʻla oladi. Qonun biror shaxs yoki tuzilmani Huquq subyekti s sifatida tan olar ekan, uning davlat, davlat tashkilotlari, boshqa shaxslarga nisbatan tutgan oʻrnini tavsiflovchi huquqiy maqomini belgilab beradi.


Lotin alifbosida maqola: HUQUQ SUBYEKTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HUQUQIY MUNOSABATLAR
IBN SINO
HUQUQ
ALISHER NAVOIY
ISLOM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты