HUQUQSHUNOSLIK, yurisprudensiya — huquqii ijtimoiy nor-malarning alohida tizimi sifatida, huquqning alohida tarmoqlarini, davlat va huquq tarixini, davlat va umuman siyosiy tizimning faoliyatini oʻrganuvchi fan. H. — eng qad. ijti-moiy fanlardan biri. Uning tarixan vujudga kelishi huquqning paydo boʻlishi va rivojlanishi bilan bogʻliq-dir. Yunon falsafasidayoq Huquqshunoslikning eng muhim nazariy muammolari oʻrtaga tashlangan, rim huquqshunoslari esa huquqiy tushuncha va tuzilmalarni ishlab chiqqan edilar, bu tushuncha va tuzilmalar hoz. davrda ham oʻz ahamiya-tini saqlab qolgan. Huquq muammolari hoz. demokratik jamiyatda va huquqiy davlataa gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi, Huquqshunoslik tuzilish jihatdan bir qancha tarmoklarga boʻlingan: davlat huquqi, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, xalqaro huquq, davlat va huquq tarixi, siyosiy bilimlar tarixi. davlat va huquq mohiyatini, Huquqshunoslikning boshqa umumiy masalalarini oʻrganuvchi umumiy davlat va huquq nazariyasi fani alohida oʻrinda turadi.
Huquqshunoslik umumiy nazariy fangina boʻlib qolmay, shu bilan birga amaliy fan ham hisoblanadi. Sud tibbiyoti, sud psixiatriyasi, kriminalistika, kriminologiya, yuridik psixologiya va b. yurisprudensiyaning amaliy turi hisoblanadi.
Huquqshunoslik fani inson dunyoqarashi, uning huquq va davlat toʻgʻrisidagi tasavvuri, tushuncha va bilimlari shakllanishida muhim rol oʻynaydi. Huquqshunoslikning gʻoyaviy taʼsiri insonning huquqiy madaniyati rivojlanishiga, huquq talablarini qadrlab, unga rioya etishiga yordam qiladi. Bu bilan jamiyatda huquqiy axloq va huquq-tartibot qaror topishiga imkon yaratadi.
Galiya Tansiqboyeva.