ICHAK

ICHAK — odam va hayvonlarda ovqat hazm qilish sistemasining bir boʻlimi; hazm yoʻli boʻlimlarga ajralgan organizmlarda (halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, barcha umurtqalilarda, jumladan, odam ham) hazm yoʻlining meʼdadan keyin keladigan qismi. Asosan, sut emizuvchilar ichagi murakkab tuzilgan. Odam Ichak anchagina uzun, 4,5—9 m ga yetadi. U, asosan, qorin boʻshligʻi va qisman kichik chanokda joylashgan.

Ichakda ovqat uzluksiz harakatlanib hazm boʻladi, oziq moddalar qonga soʻriladi, hazm boʻlmagan ovqat qoldiqlari najasga aylanadi. Ichak devori, asosan, 3 qavat. Ichki qavat — shilliq parda, undagi hazm bezlaridan hazm shirasi va shilimshiq chiqadi; shu parda orqali oziq moddalar qonga soʻriladi; bu parda kasallik mikroblariga halokatli taʼsir eta oladi. Ichak devoridagi ayrim limfa tugunlari va ularning toʻplamlari ham mikroblardan himoya qilish vazifasini oʻtaydi. Oʻrta qavat — halqa shaklida (ichki) va uzunasiga (tashqi) yotgan silliq muskullardan iborat, ular toʻlqin shaklida halqasimon qisqarib (q. Peristaltika), ovqatning aralashishiga, hazm shirasini shimishiga va orqa chiqaruv teshigiga tomon surilishiga yor-dam beradi. Ichak bezlaridan shira chiqi-shini va peristaltikani Ichak devoridagi nerv apparati tartibga soladi; ovqatning normal kimyoviy tarkibi xiyla oʻzgarganda va ayniqsa, ichakka zararli moddalar tushganda Ichak sekretsiyasi va peristaltikasi oʻzgarib, zararli moddalarning suyulishiga va tezroqchiqarilishiga yordam beradi. Tash-k,i seroz qavat — qorin pardasi I. qovuzloqlarining sirgʻanishini osonlashtiradi. Qorin pardasidan hosil boʻlgan ichaktutqich yordamida Ichak qorinning orqa devoriga yopishib turadi (I. ning baʼzi qismlari bundan mustasno).

Odamda Ichak ancha uzun boʻlib, 2 qism: ingichka ichak va yoʻgʻon ichakdan iborat. Odam ichagi qorin boʻshligʻi va kichik chanoqni toʻldirib turadi, jigar va meʼdadan pastda yotadi. Oldingi tomondan Ichakni katta charvi berkitib turadi. Ichak devorlari qon va limfa tomirlari, limfa elementlari, bezchalar hamda nervlarga boy. Ichak faoliyati nerv va gumoral mexanizmlar (q. Neyro-gu-moral regulyatsiya) orqali boshqariladi. Odam va koʻpgina hayvonlar I. da turli mikroorganizmlar (ichak florasi) boʻladi. Ichak kasalliklaridan appenditsit, kolit, proktit, enterit, enterokolit, ichak buralishi va Ichak oʻsmasi koʻproq uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: ICHAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
MEʼDA
XITOY
LIMFA TUGUNLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты