ICHKI YONUV DVIGATELI

ICHKI YONUV DVIGATELI — yonilgʻining kimyoviy energiyasini mexanik ishga aylantirib beradigan porshenli issiqlik dvigateli. Gaz bilan ishlaydigan birinchi yarokli Ichki yonuv dvigatelini fransuz mexanigi E. Lenuar (1860) loyihalagan; 1876-y. da nemis kashfiyotchisi N. Otto ancha mukammal 4 taktli Ichki yonuv dvigateli yasagan. Rossiyada 1880-y. larda O. S. Kostovich benzin bilan ishlaydigan karbyuratorli dvigatel yasadi. R. Dizel 1897-y. da yonilgʻini siqilgan havo alan-galatadigan Ichki yonuv dvigateli (dizel)nn taklif qildi. AKD1 da Ichki yonuv dvigateli oʻrnatilgan birinchi traktor 1901-y. da ishlab chiqildi; akauka O. va U. Raitlar Ichki yonuv dvigateli oʻrna-tilgan dastlabki samolyotni yasashdi; bunday samolyotlar 1903-y. da ucha boshladi. Shu yili rus muxandislari Ichki yonuv dvigatelini «Vandal» kemasiga oʻrnatishib, birinchi teploxodni yaratishdi. 1924-y. da Rossiyada Ya. M. Gakkel loyihasi boʻyicha birinchi teplovoz qurildi. 1957-y. da rotorporshenli Vankel dvigateli yaratildi. Hozirgi paytda Ichki yonuv dvigateli av-tomobillar, q. x. va yoʻl qurilishi ma-shinalarida, oʻziyurar harbiy texnikada, mototsikllar va b. da keng ishlatilmoqda.

Yonilgʻi turiga qarab, Ichki yonuv dvigateli suyuq va gazmison yonilgʻida ishlaydigan, silindrning yangi yonuvchi aralashma bilan toʻlish usuliga koʻra, 4 taktli va 2 taktli, yonilgʻi va havodan yonuvchi aralashma tayyorlash usuliga karab, aralashma silindrdan tashqarida va silindr ichida tayyorlanadigan xillarga bulinadi.

Yonuvchi aralashma silindrdan tashqarida, yaʼni karbyuratorda tayyorlanadigan Ichki yonuv dvigateli karbyuratorli dvigatel, silindr ichida tayyorlanadigani dizel deb ataladi. Karbyuratorli Ichki yonuv dvigatelida ish aralashmasi sham (svecha) elektrodlari orasida hosil boʻladigan elektr uchquni b-n, dizellarda esa silindrda siqib qizdirilgan havoga yonilgʻi purkash yoʻli b-n oʻt oldiriladi.

Ichki yonuv dvigateli 1, 2, 4, 6 va h. k. silindrli boʻladi. Bir silindrli, 4 taktli, karbyuratori Ichki yonuv dvigateli quyidagicha ishlaydi (rasm): kirititish taktida (A) havo tozalagich / orqali havo oʻtib, karbyurator 2 da u yonilgʻiga aralashadi va yonuvchi aralashma hosil qiladi; bu aralashma kiritish klapani 3 orqali silindr 6 ga kiradi, qisish takti (Ј)da yonuvchi aralashma 0,8—2 Mpa gacha siqiladi, 200—400 gacha qiziydi. Porshen 10 yuqori chekka nuqta (yu. ch. n.)ga 20—40° (tirsakli valning aylanish burchagi) yetmasdan aralashma sham 4 dan oʻt oladi. Porshen yu. ch. n. ga yetgach, aralashma tekis yona boshlaydi. Gazlar bosimi 3—6 Mpa ga, t-rasi esa 2200° gacha yetadi. Kengayish (ish) takdi (V)da porshen gaz bosimi taʼsirida pastga harakatlanib, shatun 7 vositasida tirsakli val 8 ni aylantiradi. Gaz bosimi 0,3—0,4 MPa, t-rasi esa 900—1200° gacha pasayadi. Chiqarish takti (G) da chiqarish klapani 5 porshen pastki chekka nuqta (p. ch. n.)ga 30—60° yetmasdan ochila boshlab, yu. ch. n. dan 10—28° oʻtgandan keyin yopiladi. Demak, Ichki yonuv dvigatelining bir ish siklida tirsakli val ikki marta aylanadi, shundan yarim aylanish gazlarning porshenga taʼsiri hisobiga, qolgan bir yarim aylanish zalvar massa (maxovik) 9 ning inersiya kuchi hisobiga yuz beradi. Silindrlar soni qancha koʻp boʻlsa, Ichki yonuv dvigateli shuncha tekis ishlaydi, tirsakli val ham shuncha ravon aylanadi. Toʻrt taktli dvigatelda ish sikli porshenning toʻrt yoʻli (tak-ti)da, ikki taktli dvigateley esa ikki yoʻlida bajaradi.

Karbyuratorli Ichki yonuv dvigatelining ish sikli paytida val katta (3000—7000 ayl/ min) tezlikda aylanishi mumkin, poyga avtomobillari va mototsikllarida val 15000 ayl/min va bundan ham tez aylanadi. Toʻrt taktli karbyuratorli Ichki yonuv dvigateli 600 kVt (800 o. k.). Porshenli aviatsiya dvigatellari 1100 kVt (1500 o. k.) gacha quvvat hosil qiladi.

Ichki yonuv dvigatelini takomillashtirishda quvvatini borgan sari oshira borish, avtomobillarda karbyuratorli dvigatellar oʻrniga dizellarni koʻproq qoʻllash, har xil yonilgʻi bilan ishlaydigan dvigatellar yaratish va b. tadbirlarni amalga oshirishga harakat qilinmoqda.

Ad.: Pospelov D. R., Dvigateli vnutrennego sgoraniya s vozdushnыm oxlajdeniyem, 2 izd., M., 1971; Hamidov A., T28X4M, T284MS, T28X4M-S1 traktorlari, T., 1981.


Lotin alifbosida maqola: ICHKI YONUV DVIGATELI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVIATSIYA
FRANSIYA
ROSSIYA
TOSHKENT
TRAKTOR


Добавить комментарий