JABRAOYOQLILAR

JABRAOYOQLILAR (Branchiopoda) – eng sodda tuzilgan qisqichbaqasimonlar kenja sinfi. Boshi (prototsefalon) koʻkrak boʻgʻimlari bilan qushilmagan. Fasetkali koʻzi va nauplius koʻzchasi bor. Bargsimon koʻkrak oyoklari suzish, nafas olish va oziqni ogʻziga haydash uchun xizmat qiladi. Qorni oyoqsiz, ayri bilan tugaydi. 740 ga yaqin turi bor. Chuchuk suvda yashaydi, dengizlarda kam uchraydi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Lichinkasi — nauplius, metanauplius 2 turkum: bargoyoqlilar (Phyllopoda) va Jabraoyoqlilar (Anostraca)ra boʻlinadi. Jabraoyoqlilar turlarining tanasi choʻziq, uz. 5 mm dan 3 sm, baʼzan 10 sm gacha. Koʻkrak segmentlari (11, baʼzan 17—19), odatda bir juftdan oyoklarga ega. 180 turi maʼlum. Jabraoyoqlilar keng tarqalgan, chuchuk suv havzalari, koʻlmak suvlarda yashaydi. Faqat artemiya shoʻr va shoʻrlangan suvli havzalarda uchraydi. Jabraoyoqlilar — mikroskopik suv oʻtlari, detrit bilan oziklanadi. Koʻpchiligi dastlab tuxumini tuxum xaltasiga qoʻyadi, soʻngra suvga chiqaradi. Tuxumlari suv tubiga choʻkib, rivojlanadi. Ular uzoq, vaqt davom etadigan qurgʻoqchilikka va haroratning keng chegarada oʻzgarib turishiga chidamli; shamol orqali tarqalishi mumkin.


Lotin alifbosida maqola: JABRAOYOQLILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QISQICHBAQASIMONLAR
YER
TOSHKENT
YUKSAK QISQICHBAQASIMONLAR
METAMORFOZ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты