IQLIMGA MOSLASHISH

IQLIMGA MOSLASHISH, iqlimlashtirish — organizmlarning yangi hayot sharoitiga moslanishi va rivojlanishning barcha bosqichlarini oʻtab, yashovchan avlod berishi. Iqlimga moslashish deganda organizmning faqat boshqa iqlim sharoitiga emas, balki yangi biotsenozta moslashishi ham tushuniladi. Iqlimga moslashish 2 yoʻl b-n boradi:

1) organizmlarda moddalar almashinuvining oʻzgarishi, bun-day oʻzgarish (modifikatsiya) avlodga oʻtmaydi va organizmdagi reaksiya nor-masi bilan cheklanadi. Modifikatsiyada populyatsiya yoki turning genetik strukturasi oʻzgarmaydi;

2) turning genetik strukturasi oʻzgarishi (haqiqiy Iqlimga moslashish). Turning genetik strukturasini belgilovchi va Iqlimga moslashishga sababchi omil tabiiy tanlanishdmr. Organizmlar yangi hudud yoki joyga koʻchirilganda yoki yashash sharoiti oʻzgarganda (mas, oʻrmon daraxtlari kesilganda, choʻllarga suv chiqarilganda yoki botqoqlik quritilganda) Iqlimga moslashish yuz beradi. Bunday hollarda baʼzi organizmlar boshqa joyga oʻtadi yoki nobud boʻladi, boshqalari esa yangi sharoitga moslashadi, yaʼni iqlimlashadi. Iqlimga moslashish odamga ham xos. Odamlar ilgari oʻzlari yashagan joylaridan mutlaqo boshqa hududlarga koʻchib oʻtib, unga faol ravishda moslashadilar, yaʼni adaptatsiya yuz beradi.

Oʻsimliklarda Iqlimga moslashish Yangi sharoitda normal rivojlanib, hayotchan nasl qoldiradigan oʻsimliklarni iqlimlashgan deb hisoblash mumkin. Iqlimga moslashishga oid nazariya va amaliyotning rivojlanishida Ch. Darvin, Iqlimga Moslashish Michurin va N. I. Vavilovparnit ilmiy asarlari muhim ahamiyatga ega.

Iqlimga moslashish hamma vaqt oʻsimliklarning yashash areapinn kengaytiradi. Oʻsimliklarni iqlimlashtirish xalq xoʻjaligining muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Oʻsimliklarning Iqlimga moslashishda iqlim omillari (havo harorati va namligi, yogʻinlar miqsori va taqsimoti, yorugʻlik rejimi va b.), tuproq tiplari va uning mikroflorasi, shuningdek, oʻsimlikning oʻz xususiyatlari asosiy oʻrinda turadi. Oʻsimliklarning Iqlimga moslashishda geografik va sistematik uzok, shakllarni duragaylash, yovvoyi turlar bilan chatishtirish, takroriy avlodlarni oʻstirishdan foydalaniladi. Shuningdek, chidamli payvandtaglarga ulash, sugʻorish va oʻgʻitlar solish, oʻsishni boshqaruvchi moddalardan foydalanish qoʻllaniladi.

Qishloq xoʻjaligida Iqlimga moslashish biron bir ekinni ilgari oʻsmagan yangi hududlarga koʻchirish bilan bogʻliq. Mac, dehqonchilik amaliyotida gʻalla ekinlarini iqlimlashtirish ming yillardan beri davom etib keladi. Iqlimga moslashish tufayli gilos, oʻrik, tok, choy, sitrus mevalar, evkalipt, bambuk va b. yangi mintaqalarda ekiladigan boʻldi. Yoki gʻoʻza yangi sharoitlar va kishilarning ehtiyojiga moslashtirilishi tufayli oʻzgacha iqlim sharoitiga ega boʻlgan r-nlarga tarqalgan. Gʻoʻzani madaniylashtirish va ularni dastlabki tarqalgan arealidan tropiklarning yuqori togʻli zonalari hamda shim. kengliklarga tarqalishida evolyutsiyaning asosiy yoʻnalishi gʻoʻzaning hayot siklini qisqartirish va uning tezpishar turlarini ajratib olishdan iborat boʻlgan. Dunyo boʻyicha gʻoʻza ekiladigan mintaqa 44° shim. kenglikdan (Oʻzbekiston) 35° jan. kenglikkacha (Avstraliya) joylashgan. Oʻrta Osiyoning gʻoʻza mintaqasi dunyo boʻyicha eng shim. hisoblanib, u 37° bilan 44° shim. kenglik oraligʻida joylashgan (u hatto 1957-y. da 47° kenglikkacha borgan).

Iqlimga moslashish jarayoni oʻsimliklar seleksiyasida, ayniqsa, boshqa mintaqalardan keltirilgan formalardan dastlabki material sifatida foydalanilganda katta rol oʻynaydi. Oʻsimliklarni introduksiya qilish va iqlimlashtirish boʻyicha botanika boglari va introduksiya parvarishxonalari katta ishlar olib boradi.

Hayvonlarda Iqlimga moslashishda yashash muhitining iqlim sharoitlaridan tashqari ozuqa, mavsumiy yashash makoni boʻyicha raqobatning borligi, shuningdek, yirtqichlar va kasallik qoʻzgʻatuvchilar kabi omillar muhim oʻrinda turadi. Odatda, yangi muxitda jiddiy ra-qobatchilari boʻlmagan turlar tez koʻpayadi. Oʻzbekistonda ondatra, amerika kora kuzani (norka), Xitoydan keltirilgan doʻng peshona, oq amur, targʻil doʻng peshona kabi baliq turlari muvaffa-qiyatli iqlimlashtirildi.

Xonakilashtirishning uzoq va mu-rakkab jarayonidan oʻtgan uy hayvonlarining Iqlimga moslashishda tabiiy omillardan tashqari xoʻjalik omillari (ozuqa tarki-bi, saklash va parvarishlash, kasalliklarning oldini olish, naslchilik ishlari) muhim oʻrinda turadi. Oʻzbekistonda shvis, simmental (Shveysariya), golland (Gollandiya) qoramol zotlari, angor echkisi (AQSH, Texas), Sharqiy Yevropa, Afrika (JAR) da qorakoʻl qoʻy zotlari muvaffaqiyatli iqlimlashtirilgan. Boshqa joylardan keltirib, iqlimlashtirilgan hayvonlar zotlarini mahalliy jaydari kramol zotlari bilan chatishtirib, yuqori mahsuldor qizil choʻl, qora-ola zotlarining Oʻzbekiston tiplari, serjun Oʻzbekiston echki zoti yaratildi.

Hasharotlarda Iqlimga moslashish dastlabki tarqalgan areali chegarasidagi sharoitlar oʻzgarganda kuzatiladi va tabiiy yoki sunʼiy yoʻl bilan kechadi. Hasharotlarning Iqlimga moslashish iqlimlashgan hasharotlarning yoppasiga koʻpayishi bilan birga borishi mumkin. Oʻzbekistonga tasodifan kelib qolgan va mahalliy sharo-itda iqlimlashgan, hozirgi kunda gʻoʻzaga va b. ekinlarga juda katta zarar keltirayotgan hasharotlar jumlasiga qonli bit (Eriosoma lanigerum Haus.), komstok qurt (Pseudococcus comstocki Kuw.), kaliforniya qalqondori (Diaspidiotus perniosus Comst.) va b. kiradi.

Oʻzbekistonda q. x. zararkunandalarining tabiiy kushandalari boʻlgan foydali hasharotlar va kanalar (entomofaglar va akarifaglar)shh introduksiyalash hamda iqlimlashtirishga jiddiy ahamiyat beriladi. Ana shu maqsadda maʼlum tur, odatda, bir turga oid hasharot hisobiga yashaydigan entomofag va akarifaglardan zararkunanda hasharotlarning sonini tartibga solib turishda foydalanish yaxshi natija beradi.

Oʻzbekistonda qonli bitga qarshi kurashishda foydali hasharotlardan biri boʻlgan va respublikaga 1931-y. da keltirilgan afelinus (Aphelinus mali Hald.), komstok chervetsiga qarshi 1947-y. da keltirilgan psedafikus (Pseu-dophycus malinus Gah.) har tomonlama oʻrganilgan, mahalliy sharoitga iqlimlashtirilgan va ular muvaffaqi-yatli qoʻllanilmoqda. Qozogʻistonda esa mevali daraxtlarda shiraning mahalliy turlariga qarshi kurashda Uzoq Sharq xarmoniyasidan, terak parvona-siga qarshi kurashda Uzoq Sharqdan keltirilgan yirtqich mirabilis qoʻn-gʻizi (Aiolocaria mirabilis)fl aH foydalanilmoqda.

Ad.: Konstantinov N. N., Morfologo-fiziologicheskiye osnovы ontogeneza i filogeneza xlopchatnika, M. ; 1967; Bondare n ko N. V., Biologicheskaya zashita rasteniy, L., 1978; Belolipov Iqlimga Moslashish, Introduksiya travyanistыx rasteniy prirodnoy florы Sredney Azii, T., 1989.

Fayzulla Hojiyev, Zohid Odilov, Sulton Alimuhamedov.


Lotin alifbosida maqola: IQLIMGA MOSLASHISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
The Wiggles - Day-O (Aka The Banana Boat Song)
OKEAN
POPULYATSIYA
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты