IQTISODIY SIKL

IQTISODIY SIKL — umumiy iqti sodiy faollikning muayyan yillar davomida davriy yuksalib va pasayib, tebranib turishi; bir necha yillar da-vomida iqtisodiyotda yuksalish va pasayishning davriy takrorlanib turishi, yuksalish, tanglik, depressiya, jonlanish fazalaridan iborat. Vaqtga nisbatan har 20—25 y. da takrorlanib turadigan uzoq va har 5—10 y. da takrorlanadigan qisqa Iqtisodiy sikl bor. Alohida Iqtisodiy sikl bir-biridan davomiyligi va jadalligi boʻyicha keskin farqlanadi. Shu bilan birga ularning hammasi bir xil fazalarga ega boʻladi. Siklning eng yuqori nuqtasida iqtisodiyotda toʻliq bandlik kuzatiladi va i. ch. toʻliq yoki deyarli toʻliq quvvat b-n ishlaydi. Siklning bu fazasida narx darajasi oʻsish tamoyiliga ega boʻladi, iqtisodiy faollikning oʻsishi toʻxtaydi. Tanglik fazasida i. ch. va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Tanglikning quyi nuqtasida i. ch. va bandlik oʻzining eng past darajasi bilan xarakterlanadi. Jonlanish fazasida i. ch. darajasi koʻtariladi, bandlik esa toʻliq bandlik dara-jasigacha oʻsadi.

Iqtisodiyot nazariyasida Iqtisodiy siklning asosiy sababi yalpi talab bilan yalpi taklif oʻrtasidagi muvozanatning buzilishi va uning yana kaytadan tiklanishi tarzida izohlanadi. Iqtisodiy sikl milliy iqtisodiyotning oʻzini oʻzi tartibga solishi usullaridan biridir.

Shodmon Sherqulov.


Lotin alifbosida maqola: IQTISODIY SIKL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IQTISODIY TANGLIKLAR
BANDLIK
ALISHER NAVOIY
INDUSTRIAL OʻSISH
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты