IQTISODIY TANGLIKLAR

IQTISODIY TANGLIKLAR — iqtisodiy siklning tushkunlik holati b-n tavsiflanuvchi maxsus fazasi, mamlakat iqtisodiyotida vaqt-vaqti bilan yuzaga keladigan chuqur nomutano-sibliklar. Mamlakat iqtisodiy ahvolining keskin yomonlashuvi, i. ch. ning gʻoyat pasayishi, shakllangan iqtisodiy aloqalarning buzilishi, korxonalarning bankrotligi, ishsizlikning oʻsishi va oxir-oqibat aholi turmush da-rajasining pasayishini keltirib chiqaradi. Iqtisodiy tangliklar ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va isteʼmol qilinishi lozim boʻlgan mahsulot hajmi, inves-titsion tovarlar va isteʼmol mahsulotlari, aholi daromadlari va xara-jatlari, eksport va import, byudjet daromadlari va xarajatlari, korxonalarning majburiyatlari va uni bajarish imkoniyati oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin. Keng maʼnoda Iqtisodiy tangliklarni jami talab bilan jami taklif oʻrtasidagi muvozanatning buzilishi keltirib chikaradi.

Iqtisodiy tangliklarning yuzaga kelish sabablari, uni keltirib chikaruvchi omillar va amaldagi belgilari mavjud. Jamiyat miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining jami talabdan oshib ketishi, davlat xarajatlarining keskin oshib ketishi, korxonalarda i. ch. samaradorligining pasayib borishi, aholi daromadlarining qisqarishi kabilar tanglikni keltirib chiqaruvchi sabablar hisoblanadi. Iqtisodiy tangliklarning ilk belgilari muomala sohasida koʻrinadi. Shundan keyin tanglik milliy xoʻjalikning boshqa sohalarini qamrab oladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning realizatsiya qilinmay qolishi natijasida tadbirkorlarning foydasi kamayadi. Bu, oʻz navbatida, banklar daromadini qisqartiradi. Banklar oʻz daromadlarini oshirish maqsadida foiz stavkalarini koʻtaradilar. Iqtisodiy tangliklar samaradorligi pasayayetgan davrda kreditlar foizining bunday oshirilishi korxonalar toʻlov qobiliyatini pasaytiradi va bankrotik xrlatlari ommaviy tus oladi. Dastlabki Iqtisodiy tangliklar 1825-y. da Angli-yada sodir boʻlgan va har 10—11 y. da takrorlanib turishi (1825, 1836, 1847, 1857-y. lar) muhim xususiyatga aylandi. Iqtisodiy tangliklar keyingi davrda ham tez-tez takrorlandi.

Iqtisodiy tangliklar davriy xarakterda boʻlib, oʻrtacha har 7—10 yilda takrorlanib keladi. Ikki Iqtisodiy tangliklar oraligʻidagi davr sikl deb ataladi. Iqtisodiy tangliklar umumiy, oraliq, qisman, tarmoq va tarkibiy tarzda boʻlishi mumkin.

Umumiy Iqtisodiy tangliklar milliy xoʻjalikning barcha sohalarini qamrab oladi va uzoq davom etadi. Bunday tanglik natijasida jamiyatda chuqur salbiy ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy oʻzgarishlar yuz beradi. 1929—32 y. larda AQSHda sodir boʻlgan tanglik umumiy iqtisodiy tanglik boʻlib, u buyuk depressiya nomini olgan. Oraliq I. t. koʻproqikti-sodiy siklning jonlanish va koʻtarilish davrida sodir boʻladi hamda ja-rayonni sekinlashtiradi, uzok, davom etmaydi va uning oqibatlarini qisqa vaqt ichida bartaraf qilish mumkin. Qisman Iqtisodiy tangliklar iktisodiyotning muayyan sohasini qamrab oladi. Bunday koʻrinishdagi tanglik oqibatida pul muomalasi, kredit ski moliyaviy munosabatlar zarar koʻradi. Tarmoqqa xos tanglik iqtisodiyot tarmoklaridan birida sodir boʻladi. Tarmoqda yuzaga keladigan tanglikning asosiy sabablari tarkibiy oʻzgarishlar, nomutano-sib i. ch. yoki ortiqcha i. ch. hisoblanadi. Tarkibiy Iqtisodiy tangliklar iqtisodiyotdagi bir tomonlama rivojlanishning natijasi boʻlib, uzoq davom etadi va bir nechta siklni qamrab oladi. Tarkibiy tanglikka 20-a. ning 70-y. laridagi AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniyada yuz bergan energetika, xom ashyo va ozik,-ovqat tangliklarini, 1997—98 y. lardagi Jan. sharqiy Osiyodagi moliyaviy tanglikni misol qilib keltirish mumkin.

Iqtisodiy tangliklarning yagona ijobiy jihati shuki, uning natijasida resurslarning qayta, maqsadga muvofiq taqsimlanishiga erishiladi. Samarasiz yoki keraksiz sohalardagi resurslar yangi, iqtisodiy foyda koʻproq boʻlgan sohalarga oqib oʻtadi. Ishlab chikaruvchilar, tadbirkorlar va moliyachilar oʻz mablagʻlarini foyda normasi yuqori boʻlgan tarmoklarga yoʻnaltiradi. Natijada iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlar roʻy beradi va iqtisodiyot tarkiban takomillashadi.

Iqtisodiy tangliklar davrida uning salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida davlat tanglikdan chiqish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Oʻzbekistonda ham 1990-y. larda oʻziga xos chuqur iqti-sodiy tanglik yuzaga keldi. Bu tanglik avvalo iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlarining keskin pasayishi, isteʼmol bozorining kashshokdanishi va aholi turmush darajasining yomonlashishida namoyon boʻldi. Ushbu Iqtisodiy tangliklar mu-staqillik davrining dastlabki yillarida davom etdi. Keyinchalik, 1995 — 96 y. lardan boshlab, davlatning tanglikka qarshi taʼsirchan siyosati natijasida isteʼmol bozorining toʻyinib borishi, iqtisodiyot tarmoq tarkibining takomillashishi, yalpi ichki mahsulot hajmining oshishi va aholi daromadlarining koʻpayishiga erishildi.

Nemat Xolmatov.


Lotin alifbosida maqola: IQTISODIY TANGLIKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DAVLAT BYUDJETI
HINDISTON
ITALIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты