IQTISODIY QONUNLAR

IQTISODIY QONUNLAR — kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida moddiy neʼmatlarni i. ch., taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol muno-sabatlarini boshqarib turuvchi obyektiv qonunlar. Kishilik jamiyati va i. ch. munosabatlari vujudga kelishi bilan amal qila boshlaydi. Iqtisodiy qonunlar munosabatlari tizimidagi muhim, barqaror, ichki, mohiyatli, zaruriy, muntazam takrorlanuvchi aloqadorliklar, bogʻlanishlarni ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar doimo bir-biri bilan bogʻliq, biri ikkinchisini taqozo qilgan holda amal qiladi, maʼlum shartsharoitlar yoʻqolgach, Iqtisodiy qonunlar ham oʻz kuchini yoʻkrtadi. Iqtisodiy qonunlarning taʼsir doirasi va xarakteri jamiyat taraqqiyotining obyektiv shartsharoitlariga, i. ch. vositalariga nisbatan boʻlgan munosabat shakllariga, ijtimoiy mehnatni tashkil qilish va uning natijalarini taqsimlash usullariga bogʻlik. Iqtisodiy qonunlar obyektiv xarakterga ega. Amal qilish davrining davomiyligiga qarab Iqtisodiy qonunlar 3 guruhga ajratiladi: Umumiy Iqtisodiy qonunlar — kishilikjamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladigan qonunlar. Mac, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning oʻsib borish qonuni, ijtimoiy mehnat taqsimoti qonuni va b. Xususiy Iqtisodiy qonunlar — insoniyat jamiyati taraqqiyotining maʼlum bosqichlarida, muayyan ijtimoiyiqtisodiy tizim doirasida amal qiladigan qonunlar. Mas, talab qrnuni, taklif qonuni, qiymat qonuni — tovarpul munosabatlari mavjud boʻlgan davrlarda amal qiladi. Maxsus Iqtisodiy qonunlar — alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladigan qonunlar. Mac, qoʻshimcha qiymat qonuni.

Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, Iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari boʻlib, tarixiydir va oʻzgaruvchandir, chunki Iqtisodiy qonunlar kishilarning oʻz ehtiyojlari va manfaatlari yoʻlidagi faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, kishilik jamiyati mavjud boʻlganda paydo boʻladi va amal qiladi. Iqtisodiy qonunlarni ilmiy asosda bilish, ulardan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy vazifasi Iqtisodiy qonunlarni bilish va uning mazmunini ochib berish hisoblanadi.

Qodirjon Yusupov.


Lotin alifbosida maqola: IQTISODIY QONUNLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
ALISHER NAVOIY
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
HINDISTON
DAVLAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты