IQTO

IQTO, iqtoʼ, iqta (arab.) — Movarounnahr, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida oʻrta asrlarda hukmdor tomonidan katta xizmatlari evaziga inʼom qilingan chek yer. I. egasi iqtodor deb atalgan. Iqto haqida dastlabki maʼlumotlar 7-a. oxiriga mansub arab manbalarida uchraydi. Hukmdor Iqtoni istagan vaqtida qaytarib olib boshqa kishiga tortiq qilishi ham mumkin boʻlgan. 9-a. da xalifa tomonidan amirga idora qilish uchun berilgan viloyatlar ham Iqto deb atala boshlangan. Abu Ab-dullo Xorazmiy I. ning kelib chiqishini izohlab, «Mafotix ul-ulum» («Il-mlarning kalitlari») asarida bunday deb yozadi: «Sulton tomonidan biror kishiga tortiq qilib berilgan yer Iqto deb ataladi va uning mulki boʻlib qoladi». I. yerlari davlat mulki hisoblangan. 10-a. dan boshlab xususiy mulkka aylana boshlagan. Amir oʻzi hukmronlik qilayotgan ushbu viloyatlar soli-gʻini butunlay yoki qisman oʻzlashtirish huquqiga ega boʻlgan. Iqto 9—13-a. da Movarounnahr va Eronda ham (saljuqiylar, qoraxoniylar va hulokuiylar davrida) keng tarqalgan. Temuriplar davrida Iqto oʻrnida tiul va suyurgʻol, boburiylar davrida esa jogir atamalari qoʻllangan.

Ad.: Nizom ul mulk, Siyosatnoma, T., 1997; Hofiz Tanish al-Buxoriy, Abdullanoma, 1—2-j. lar, T., 1999, 2000.


Lotin alifbosida maqola: IQTO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
IBN SINO
ALISHER NAVOIY
BERUNIY
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты