KADMIY SELENID

KADMIY SELENID, CdSe — toʻq qizil rangli kristall modda. Kristallari, asosan, geksogonal panjarali, shuningdek, kubsimon panjarali beqaror va faqat yuqori bosimda mavjud boʻlgan kubsimon panjarali modifikatsiyalari maʼlum. Suyuqlanish t-rasi 1263°; zichligi 5,81 g/sm3, yarimoʻtkazzich. Suvda erimaydi, xlorid, nitrat va sulfat kislotalar taʼsirida parchalanadi. Kadmiy selenid kadmiy bilan selenii qizdirish yoki gaz fazada, CdSO4 eritmasidan H2Se taʼsirida choʻktirish, CdS bilan H2SeO3 ni, kadmiy va selenning organik birikmalarini oʻzaro taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi. Kadmiy selenid — yarimoʻtkazgich lazerlarda faol muhit hosil qilishda, fotorezistorlar tayyorlashda, fotodiodlar, quyosh batareyalari, emallar, sirlar va badiiy boʻyoqlar uchun pigment sifatida qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: KADMIY SELENID haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KADMIY SULFID
KALIY
AMALIY SANʼAT
DISPROZIY
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты