KAYKOVUS ARIGʻI

KAYKOVUS ARIGʻI — Toshkent sh. da gi qad. kanal, Boʻzsuvning oʻng tarmogʻi. 6—7-asrlarda Boʻzsuv kanali kattalashtirilib, undan Kaykovus arigʻi chiqarilgan va Qoraqamish jarligigacha yetkazilgan.

Muhammad Solihning «Tarixi jadidai Toshkand» asarida Boʻzsuv ham Kaykovus arigʻi deyilgan. Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» («Sharafnomai shoxiy») asarida 16-a. da Kaykovus arigʻi boʻyida (shahar qoʻrgʻoni tashqarisida) «Kaykovus bogʻi» boʻlganligi va bogʻda Toshkent sultonlari yashaganligi aytiladi. Hoz. Kaykovus arigʻi Shayxontohur GESning yuqori byefidan boshlanadi, uz. 28 km, suv oʻtkazish imkoniyati 20 m3/s. Sobir Raximov va Shayxontohur tumanlari hududidan oqib oʻtadi.


Lotin alifbosida maqola: KAYKOVUS ARIGʻI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
ABDULLANOMA
TARIX
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты