ABDULLANOMA

«ABDULLANOMA», «Sharafnomai shohiy» — Movarounnahrning 16-a. dagi tarixiga bagʻishlangan tarixiy asar. Hofiz Tanish Buxoriy tomonidan 1584 — 90 y. lar oraligʻida fors tilida yozilgan. Asar Buxoro hukmdori Abdullaxon 11ga bagʻishlanib, «Sharafnomai sho-hiy» va qisqartirilgan ayrim nusxalari «Zafarnomai Abdullaxon» nomlari bilan ham ataladi. «Abdullanoma» nazm aralash kofiyalangan nasr bilan yozilgan. «Abdullanoma» muqaddima, ikki maqola (qism) va xotimalardan iborat. Ammo asarning oxirgi qismi yozib tugatilgani maʼlum emas. Asar muqaddimasida Abdullaxonning hokimiyatga kelguniga qadar Movarounnahrda yuz bergan siyosiy voqealar — Chingizxonning istilosi va moʻgʻullar hukmronligi, Dashti Qipchoqda Abulxayrxon davlati (1428 — 68)ning barpo boʻlishi, Shayboniyxon (1451 — 1510)ning Xurosonga yurishlari, shayboniylar bilan Zahiriddin Bobur oʻrtasidagi harbiy toʻknashuvlar hamda Abdullaxonning nasli va nasabi toʻgʻrisida hikoya qilinadi. «Abdullanoma» ning asosiy qismida Shayboniyxondan soʻng Movarounnahrdagi siyosiy vaziyat, uning bir qancha mayda hokimliklarga boʻlinib ketishi, Abdullaxonning markaziy hokimiyatni mustahkamlash va mamlakatni siyosiy jihatdan birlashtirishga qaratilgan harakatlari, uning Dashti Qipchoq va Xurosonga yurishlari, 16-a. ning 80 — 90-y. larida Buxoro, Xorazm va Badaxshondagi siyosiy vaziyat hamda Xorazm bilan Badaxshonning Buxoro xonligiga qoʻshib olinishi kabi tarixiy voqealar bayon etiladi. Asarda 16-a. da Movarounnahr bilan Turkiya, Hindiston va Eron oʻrtasidagi munosabatlarga hamda Rossiya bilan savdo aloqalariga oid maʼlumotlar bor. Unda 16-a. da Buxoro xonligi qoʻshinlarining tuzilishi, harbiy taktikasi, qurol-yarogʻlari hamda Movarounnahrda, shu jumladan Buxoroda qurilgan meʼmorchilik obidalari va suv inshootlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi. «Abdullanoma»da Movarounnahr xalqlarining etnik tarkibi, jumladan qangʻli, hipchoq, qorliq, xalaj, ogʻajiri, uryonqit, qoʻngʻirot, orlot, uygʻur, sulduz, bayovut, doʻrmon va b. qavmlarning kelib chiqishi va ularning urf-odatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bor. «Abdullanoma»ni yozishda Xofiz Tanish Narshaxiyning «Buxoro tarixi», Rashiduddinning «Jome at-tavorix», Juvayniynnj «Tarixi jahon kushoy», Mirxondning «Ravzat us-safo», Sharafuddin Ali Yazdiyning «Muqaddimai Zafarnoma», Koshifiyning «Rashahot ayn al-hayot», Mirzo Haydarning «Tarixi Rashidiy» va b. tarixiy asarlardan foydalangan boʻlsada, ammo asarning asosiy qismi 16-a. da sodir boʻlgan koʻpgina tarixiy voqealarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan shohidlardan toʻplangan materiallar asosida yozilgan. Bu asar Movarounnahr xalqlarining 16-a. dagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotini oʻrganishda birinchi darajali manbalardan hisoblanadi. «Abdullanoma»ni 1942 — 51 y. larda oʻzbek sharqshunos olimi S. Mirzayev (1885 — 1961) oʻzbek tiliga tarjima qildi. B. Ahmedov uni toʻddirib va tuzatib qayta nashr etdi (1999-2000).

Ad: Hofiz Tanish ibn Mirmuhammad Buxoriy, Abdullanoma, 1-jild, T., 1966; 2-jild, T., 1969; [akad. B. Ahmedov qaytatayyorlagan], 1-jild, T., 1999; 2-jild, T., 2000; Umnyakov I. I., «Abdullaname» Xafiza Tanisha i yeyo issledovateli, Zapiski kollegii vostokovedov pri Aziatskom muzeye Rossiyskoy Akademii nauk, t. 5, L., 1930; Ahmedov B., Munirov K,., Hofiz Tanish Buxoriy, T., 1963.


Lotin alifbosida maqola: ABDULLANOMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
BOBUR
BUXORO XONLIGI
BUXORO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты