KALAVA IP

KALAVA IP, yigirilgan ip — 1) toʻqimachilik tolalarining barcha turlaridan tayyorlangan pilikyaan pilta mashinada olinadigan iplarning asosiy turi, xom ip. Bir necha tolani yumshoqqina himarib (baʼzan yelimlab) hosil qilinadi. Bir xil tolalardan yoki har xil tolalarni aralashtirib, yo boʻlmasa, tolalarga chiqindilar (tarandilar)ni qoʻshib olinadi. Tolalarning xiliga, vazifasiga, olish va pardozlash usullariga, xossalari va tuzilish xususiyatlariga qarab, Kalava ip turli xillarga boʻlinadi. Mac, toʻquvchilik uchun (arqoq va tanda iplari), trikotaj, ip olish, arqon eshish va b. uchun moʻljallangan Kalava iplar farq qilinadi. Kalava ipni yigirishga tayyorlash usuliga koʻra, u karda, taroqli va apparat tizimida tayyorlanadigan xillarga boʻlinadi. Kalava ip yigirish mashinalari turiga, pardozlash va boʻyash usuliga qarab ham xillarga ajratiladi. Kalava ipning xom, oqartirilgan, maxsus kimyoviy eritma bilan ishlov berilgan (merserizatsiyalangan), boʻyalgan va b. turlari boʻladi. Tuzilishiga koʻra, oddiy (bir ipli), olachipor (melanj), hajmiy (teksturlangan), pishitilgan (bir necha ipni qoʻshib buralgan) va b. xillarga boʻlinadi. Kalava ipni paxta, jun, ipak, zigʻir, ipak va kimyoviy tolalardan tayyorlash mumkin.

Kalava ipning asosiy xossalari — ingichkayoʻgʻonligi, buramdorligi (pishitilganlik darajasi), uzuvchi kuchga chidamliligi, uzayuvchanligi, bir tekisligi, mustahkamligi, tozaligi. Kalava ipdan toʻquvchilikda, gʻaltak ip olishda, arqon va chilvirlar eshishda foydalaniladi; 2) charxta bir necha marta tekis qilib oʻralgan va charxdan chiqarib olib taxlangan bir oʻram ip, ipak; ip yigirish uchun moʻljallangan xom (bir oz pishitilgan) ip. Pilta (piltakachda yumaloklangan bir boʻlak paxta, pagʻa)ni ohistagina choʻzib hosil qilinadi.


Lotin alifbosida maqola: KALAVA IP haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IP
IPAK YIGIRISH VA PISHITISH
AMALIY SANʼAT
ATLAS OʻRILISHI
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты