KALIYLI OʻGʻITLAR

KALIYLI OʻGʻITLAR — tarkibida oʻsimliklar oson oʻzlashtiradigan shaklda kaliy elementi boʻlgan mineral moddalar; suvda eruvchan xlorid, sulfat va karbonat kislotalarning tuzlari. Tarkibida kaliyli tuzlar boʻlgan togʻ jinslari Kaliyli oʻgʻitlar olinadigan xom ashyo.

Kaliyli oʻgʻitlar konsentrlangan Kaliyli oʻgʻitlar, aralash Kaliyli oʻgʻitlar va xom kaliy tuzlariga boʻlinadi. Konsentrlangan Kaliyli oʻgʻitlarga kaliy xlorid (55,259,7% K2O), kaliy sulfat (44 — 52% K2O), kaliyli selitra (44% K2O) kiradi. Aralash Kaliyli oʻgʻitlar xom kaliy tuzlariga konsentrlangan Kaliyli oʻgʻitlar qoʻshib tayyorlanadi: 30—40% li kaliy tuzlari kaliy xloridning silvinit yoki kainit bilan mexanik aralashmasidan iborat; kaliy-magniyli konsentrat; kaliy-magniy sulfat yoki kalimagneziya; yogʻoch, torf va b. kuli. Xom kaliy tuzlari — maydalangan tabiiy minerallar (silvinit va kainit).

Kaliyli oʻgʻitlar sifatida tarkibida kaliyli tuzlar bor alyuminiy va sement sanoati chiqindilari (potash) ham ishlatiladi. Sement changi va potash muhiti ishqorli. Kul, ayniqsa, nordon tuproqpar uchun aʼlo darajadagi Kaliyli oʻgʻitlar xisoblanadi, u tuproqning zararli kislotaliligini ham neytrallaydi. Goʻng oʻsimliklar uchun kaliy manbai, chunki unda 0,6% atrofida K2O boʻladi.

Barcha q. x. ekinlari, ayniqsa, qumli va qumloqli tuproqlardagi ekinlar Kaliyli oʻgʻitlarga kuchli ehtiyoj sezadi. Kaliyli oʻgʻitlar, odatda, fosforli yoki azot va fosforli oʻgʻitlar bilan birga ishlatiladi. Gʻoʻza, kartoshka, sabzavot, qand lavlagi, xashaki ildizmevalilar, makkajoʻxori, kuzgi gʻalla ekinlari va b. ekinlar kaliyga talabchan. 1 ga maydondagi gʻoʻza har tonna hosili uchun yerdan 30—70 kg azot, 10—20 kg fosfor bilan birga 30 — 80 kg kaliyni oʻzlashtirishi aniklangan. Kaliyli oʻgʻitlar meva, rezavor-meva, uzum, ildizmevalilar va b. tarkibidagi qand miqdorini, kartoshkada kraxmalni, tolali ekinlarda tola mikdorini oshirib, sifatini yaxshilaydi, yem-xashak ekinlari tarkibidagi proteinni koʻpaytiradi, kuzgi gʻalla ekinlari, dukkaklilar va daraxtlarning sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamini oshiradi. Quruq choʻl zonasida va sur tuproq yerlarda Kaliyli oʻgʻitlar faqat sugʻorish paytida beriladi. Shoʻrtob tuproqlarda Kaliyli oʻgʻitlar ishlatilmaydi, ular tuproq shoʻrini kuchaytiradi. Yerga solinadigan Kaliyli oʻgʻitlar meʼyori tuproqning harakatchan kaliy bilan qanchalik taʼminlanganligiga bogʻliq. Bunda azot, fosfor, kaliy (NPK) 1:0,7— 0,8:0,53 nisbatda olinadi. Kaliyli oʻgʻitlar yillik miqdorining 50% ini asosiy oʻgʻit sifatida kuzgi shudgorda, 50% ini esa vegetatsiya davrida berish tavsiya etiladi.

Ad.: Ergashev Sh., Ergashev M., Kaliyli oʻgʻitlar va paxta hosildorligi, T., 1983.


Lotin alifbosida maqola: KALIYLI OʻGʻITLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
MAGNIYLI QOTISHMALAR
YER
MINERAL OʻGʻITLAR
TUZLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты