JIZZAX TEATRI

JIZZAX TEATRI, Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatri — Oʻzbekistondagi teatrlardan biri. Tarixi asosan 1921-y. dan boshlanadi. Dastlab havaskorlik drama toʻgaragi asosida sayyor teatr gruppasi tashkil qilingan. 1927-y. siyosiy-oqartuv boʻlimi ixtiyoriga olinib, «Koʻk koʻylak» agitteatri nomi berildi. A. Ahmedov, B. Oymatov, S. Qosimov, A. Abdurazzoqov, O. Shernazarov, T. Sharipov, Yu. Ioʻldoshev, P. Nosirov, I. Karimov, S. Xoldorov, M. Saʼdullayeva, A. Yoʻldosheva, X. Usmonova, I. Haqberdiyeva kabilar teatrning dastlabki ijodkorlaridir. «Halima» (rej. P. Nosirov) teatrda sahnalashtirilgan ilk spektakldir. Keyinroq «Arshin mololon» (U. Hojibekov), «Buxoro jallodlari» (S. Ayniy), «Tuxmatchilar jazosi» (Hamza), «Lolaxon» (K. Yashin) kabi spektakllar qoʻyildi. 1932-y. «Koʻk koʻylak» agitteatri Samarqand kolxoz-sovxoz teatriga aylantirildi. S. Joʻraboyev badiiy rahbar etib tayinlandi. Teatr repertuaridan «Paxta shumgʻiyalari» (U. Ismoilov), «Gulsara» (K. Yashin, M. Muxamedov pyesasi, T. Jalilov musiqasi), «Uygʻonish» (N. Safarov), «Malikai Turandot» (K. Gossi) va b. spektakllar oʻrin oldi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida teatr davr ruhiga moslab «Davron ota» (K. Yashin, S. Abdulla; T. Sodiqov, A. Kozlovskiy musiqasi), «Front» (A. Korneychuk), «Qurbon Umarov» (S. Abdulla, A. Chustiy; T. Jalilov musiqasi), «Oʻlim bosqinchilarga» (K. Yashin) singari asarlarni sahnaga qoʻydi.

Urushdan keyin teatr repertuari mazmunan boyidi, teatr sahnasidan asosan qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish, tengsizlik mavzui, yangi yerlar ochishdagi qahramonliklar, vatanparvarlik ruhidagi spektakllar oʻrin oldi. «Boy ila xizmatchi», «Xolisxon» (Hamza), «Nurxon» (K. Yashin), «Shohi soʻzana» (A. Qahhor), «Dalada bayram» (Sh. Saʼdulla) va b. shular jumlasidan. 1957-y. kolxozsovxoz teatrlarining birlashishi munosabati bilan Jizzax kolxoz-sovxoz teatri gruppasi aʼzolari Samarqand va Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrlari ixtiyoriga oʻtkaziladi. Aktyorlarning bir qismi Jizzaxda qolib, S. Xoldorov va X. Toshpoʻlatov rahbarligida N. Azimov, M. Rahmatova, S. Joʻrayev, R. Sattorovalar b-n birga drama toʻgaragi tashkil etishdi. «Zaharli hayot», «Tuhmatchilar jazosi» (Hamza), «Shohi soʻzana» (A. Kahhor) kabi spektakllarni sahnalashtirdilar. 1960-y. da «xalq teatri» unvoniga sazovor boʻldi. 1964-y. yangi Sirdaryo viloyati tashkil etilishi munosabati bilan mazkur xalq teatri oʻzagida Sirdaryo viloyat musiqali drama teatri tashkil qilindi. Yunus Xoʻjayev bosh rej., A. Shodmonqulov bosh rassom etib tayinlandi. Jizzaxda faoliyat koʻrsatayotgan xalq teatri artistlari ham teatrga kelib qoʻshildi. «Jon qizlar» (K. Shangʻitboyev, K. Boyseitov; A. Muhamedov musiqasi) spektakli bilan oʻz faoliyatini boshladi. «Toshbolta oshiq» (H. Gʻulom; M. Leviyev musiqasi), «Ayajonlarim» (A. Qahhor), «Parvona» (Uygʻun), «Yoshlikda bergan koʻngil» (3. Fatxullin; D. Zokirov musiqasi), «Layli va Majnun» (Xurshid; T. Sodiqov, R. Glier musiqasi), «Alpomish» (S. Abdulla; T. Jalilov, G. Sobitov musiqasi), «Alisher Navoiy» (Uygʻun, I. Sulton), «Aldar kusa» (Sh. Husainov), «Makr va muhabbat» (F. Shiller), «Zoʻraki tabib» (J. Molyer) va b. pyesalar sahnalashtirildi. 1974-y. Jizzax viloyati tashkil etilishi munosabati bilan Sirdaryo teatri Jizzax viloyat musiqali drama teatriga aylantirilib, 1988-y. da Yu. Rajabiy nomi berildi. F. Hamidullayev, keyinchalik F. Iskandarov bosh rej., S. Najafov bosh rassom, A. Abdurahimov bosh dirijyor, D. Karimov bosh baletmeyster qilib tayinlandi. Shu vaqtlarda teatr kamolot sari yuksalib bordi. Shuningdek, aktyorlardan H. Amirqulov, Gʻ. Hasanov, M. Rahmatova, A. Gʻafurov va b. sahna obrazlarini yaratishda yetakchilik qildilar. Teatr repertuari «Oltin devor» (E. Vohidov), «Xolisxon» (Hamza), «Aslzoda kelin» (M. Shamxalov), «Kelinlar qoʻzgʻoloni» (S. Ahmad), «Qoraqum fojiasi» (U. Badiqov), «Xonuma xonim» (A. Sagareli), «Monserro» (E. Robles), «Guli siyoh» (S. Jamol) va b. spektakllar bilan boyidi.

Teatrda turli yillarda A. Joʻrayev, B. Nazarov kabi rej. lar, G. Vizel, V. Riftin, M. Musayev kabi rassomlar, H. Azimova, T. Sodiqov, X. Bekjonov singari aktyorlar ijod qilganlar.

Teatrning yetakchi aktyorlari: Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar — G. Orinova, O. Eshtoʻxtarova, A. Lapasov, F. Yoʻldoshev; artistlar A. Normatov, J. Dehqonova va b. Bosh rej. — Gʻofir Hamidullayev (1999-y. dan). 1980-y. teatr jamoasi 700 oʻrinli yangi binoga koʻchib oʻtdi.

Anvar Yoqubxoʻjayev, Oʻktam Mamajonov.


Lotin alifbosida maqola: JIZZAX TEATRI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
RAJABIYLAR
TEATR
ROSSIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты