JILOLASH

JILOLASH, pardozlash, sayqallash — buyumlar yuzalariga koʻzgusimon shaffoflik (sillikliq, sayqal) berish uchun mexanik yoki dastaki usulda ishlov berish. Metall buyumlarga Jilolash stanoklarida, shuningdek, elektrolitik va elektromexanik usul bilan ishlov beriladi. Jilolash stanoklarining Jilolash qurilmalari fetra, kigiz, boʻz, duxoba, charm va b. dan tayyorlangan doyra va tasmalardan iborat boʻlib, ularga oldindan yoki ishlov berish vaqtida Jilolash pastalari (kukunlar) surkalgan boʻladi. Bunda buyumni stolga, Jilolash qurilmasini shpindelga mahkamlab, Jilolash qurilmasi buyum ustida harakatlantiriladi. Yogʻoch buyumlarni Jilolash yuzalarga yaltiroq smola (polituralar) surkab ishqalashdan yoki lok-buyoq qoplashdan iborat. Tosh buyumlarning yuzalarini Jilolash uchun ularga Jilolash kukunlari sepib, namlangan kigiz bilan ishlov beriladi. Plastmassa buyumlar barabanlarda yoki J. stanoklarida jilolanadi. Barabanlarda J. da unga buyumlar bilan birga J. aralashmasi (maye, mashina moyi yoki vazelin moy shimdirilgan pemza kukuni) solinadi.


Lotin alifbosida maqola: JILOLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMALIY SANʼAT
PAXTA TERISH MASHINALARI
LOK
ROSSIYA
YOGʻOCHGA ISHLOV BERISH JIHOZLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты