KANAT YOʻL

KANAT YOʻL — tayanchlar orasiga tortilgan poʻlat kanatlarda harakatlanadigan vagonetka, oʻrindiq (kreslo) yoki kabinalarda yuk va odamlarni tashishga moʻljallangan osma inshoot. Togʻli, oʻtish qiyin boʻlgan joylarga, daryo, koʻllar ustiga, avtomobil yoʻllari yoki t. y. larni eng qisqa masofada oʻtkazish kerak boʻlgan joylarga, shuningdek, transport harakati tigʻiz shaharlarga quriladi. Vazifasiga koʻra, yuk, odam, aralash (ham yuk, ham odam) tashiydigan; tuzilishiga koʻra — 1, 2 kanatli, uzluksiz harakatlanadigan va mayatnikli xillarga boʻlinadi. Yuk tashish Kanat yoʻli 2 kanatli yoki uzluksiz harakatlanadigan qilib quriladi. 2 kanatli yoʻlda vagonetka aravachasi tortuvchi kanat yordamida koʻtaruvchi kanatda harakatlanadi. Yuk ortish va tushirish st-yalari orasiga har 100—150 m da tirgaklar oʻrnatiladi, tortuvchi kanatni chigʻir (lebyodka) harakatlantiradi. Unda soatiga 450 t gacha yuk tashish mumkin, vagonetkalarning tezligi 1 — 10 m/s. Kanatli koʻtargich deb ataladigan Kanat yoʻl ham bor. Bunday inshootlardan yukli avtomobillarni tik joylardan oʻtkazib qoʻyish uchun foydalaniladi. Odam tashiydigan Kanat yoʻlda soatiga 1800 tagacha odam tashish mumkin, vagonetkalarning tezligi 1,5—11 m/s. K. y. dan bir yoʻla odamlar va yukni tashishda ham foydalanish mumkin. Urmon xoʻjaligi va konchilikda bunday Kanat yoʻllar, ayniqsa, samarali. Odamlar chiqarib va tushirib ketiladigan bir kanatli (odatda, halqasimon) Kanat yoʻl ham bor, Bunda kanatga bir yoki ikki oʻrinli kabina mahkamlab qoʻyiladi. Bunday yoʻllar togʻli kurort joylarda qoʻl keladi. Shatakka olib yuradigan bir kanatli yoʻllar ham bor. Mac, changʻichi changʻida turgan holda prujinalanuvchi osmaga tayanib oladi. Kanat yoʻl Oʻzbekiston, Kavkaz, Qrim va Yevropaning koʻp mamlakatlarida mavjud.


Lotin alifbosida maqola: KANAT YOʻL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
AVTOMOBIL TRANSPORTI
AVTOMOBIL YOʻLI
AVTOMOBIL
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты