KAPALAK QURTI

KAPALAK QURTI — kapalaklar tuxumidan chiqadigan chuvalchangsimon hasharot. Oʻsimliklarning turli qismlari, baʼzi turlari jun, mum va b. organik moddalar bilan oziqlanadi. Tuxumdan chiqqan Kapalak qurti juda kichik boʻladi. Ketma-ket tullab, gʻumbakka aylanadi; gʻumbakdan voyaga yetgan kapalak chiqadi. Kapalak qurtining gavdasi koʻp boʻgʻimli; ogʻiz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan. Boshqa hasharotlar qurtlaridan qorin boʻlimida kalta va toʻmtoq, boʻgʻimlarga boʻlinmagan. 8 juft soxta oyoqlar boʻlishi b-n farq qiladi. Kapalak qurti shu oyoqlari yordamida harakatlanadi; koʻkrak oyoqlari esa oziqni ushlab turadi. Soʻlak bezlarining bir qismi ipak bezlariga aylangan. Bu bezlar ishlab chiqargan suyuqlik havoda qotib, ipak iplarni hosil qiladi. Iplardan qurtlar pilla oʻraydi yoki in yasaydi. Kapalak qurti erkin yoki yashirin hayot kechiradi. Ayrim Kapalak qurti daraxtlar bargi, novdalarini oʻrab olgan toʻrsimon inlarida toʻda boʻlib yashaydi. Erkin hayot kechiradigan Kapalak qurtining rangi va shakli atrof muhitga moslashgan boʻladi. Bir qancha Kapalak qurti turli ekinlar, mevali daraxtlar va b. oʻsimliklarga, oziq-ovqat zahiralari, jundan toʻqilgan gazlamalar va kiyimkechaklarga jiddiy ziyon yetkazadi. Tut ipak qurtining pillasidan toʻqimachilik sanoati uchun qimmatli xom ashyo — ipak olinadi (yana q. Ipakchilik).


Lotin alifbosida maqola: KAPALAK QURTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QURTLAR
Lady Gaga - Poker Face
ODAM
KAPALAKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты