QURTLAR

QURTLAR — toʻliq oʻzgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar (kapalaklar, qoʻngʻizlar, ikki qanotlilar, pardaqanotlilar va b.)ning tuxumdan chiqqan lichinkalari. Qurtlar tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan, choʻziq, chuvalchangsimon (nomi shundan). Qurtlarning tuzilishi va hayot kechirishi voyaga yetgan hasharotlardan keskin farqqiladi. Mas, kapalaklar Q. i bir xildagi koʻp sonli boʻgʻimlardan ibo-rat; 3 juft koʻkrak oyoqlari bilan birga boʻgʻimlarga boʻlinmagan 5 juft kalta soxta qorinoyoqlari bor. Qorin-oyoqlar yurish, koʻkrak oyoqlar hara-katlanish vazifasini bajaradi. Qurtlar ichagining kuchli rivojlanganligi, qorin nerv zanjirida koʻp sonli nerv gangliylarining boʻlishi bilan voyaga yetgan hasharotlardan farq qiladi. Qurtlarning ogʻiz organlari kemiruvchi tipda. Qurtlar voyaga yetgan hasharotlarga nisbatan birmuncha sodda tuzilgan: murakkab koʻzlari, qanotlari boʻlmaydi.

Hasharotlarning Qurtlari tuzilishiga binoan bir necha guruhga boʻlinadi: koʻkrak oyoqlari bilan birga qorin boʻlimida ham soxta oyoqpari boʻladigan q. (kapa-laklar, arrakash arilar, yaydoqchilar); koʻkrak boʻgʻimlarida 3 juft oyoqlari boʻlgan chuvalchangsimon qurtlar (qoʻngʻizlar); tana boʻgʻimlari aniq koʻrinmaydigan, koʻkrak oyoqlari boʻlmaydigan, lekin bosh qismi yaxshi rivojlangan kam harakat Q. (koʻpchilik pardaqanotlilar, qoʻngʻizlar); ogʻiz organi reduksiyaga uchragan, substratning oʻzida (mas, xoʻjayin tanasida) rivojlanadigan (parazit pardaqanotlilar) yoki voyaga yetgan hasharotlar oziqlantiradigan Qurtlar (arilar, termitlar, chumolilar); boshsiz va oyoqsiz Qurtlar (pashshalar, soʻnalar, soʻqirlar) ham ajratiladi.

Qurtlar 4—5-marta tullash orqali oʻsadi; oxirgi tullashdan soʻng gʻumbakka aylanadi. Gʻumbak davrida Qurtlarning organlari yemirilib, voyaga yetgan hasharotlar uchun xos organlar hosil boʻladi. Bir qancha hasharotlarning Qurtlar qishloq xoʻjaligi ekinlarining xavfli zararkunandasi.


Lotin alifbosida maqola: QURTLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KAPALAKLAR
YER
HASHAROTLAR
METAMORFOZ
ODAM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты