KAPILLYAR HODISALAR

KAPILLYAR HODISALAR – birbiriga aralashmaydigan jismlar (mas, qattiq jism bilan suyuqlik) ning tegishib turgan chegara sirtida molekulyar kuchlar taʼsirida yuzaga keladigan fizik hodisalar. Mac, suyuqlik bilan idishning oʻzaro taʼsirida suyuqlik sirti botiq yoki qavariq shaklni oladi. Jumladan, kapillyar (ingichka) naydagi hoʻllaydigan suyuqlik sirti botiq, hoʻllamaydigan suyuklik sirti qavariq boʻladi. Suyuqlik sirtining egrilanishi tufayli hosil boʻladigan kapillyar bosim natijasida idish (mas, kapillyar nay)dagi suyuqlik maʼlum balandlik h ga koʻtariladi yoki pasayadi. Bunda – Ј – = pgh formula oʻrinli. o — suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenta, r — suyuqlik zichligi, g — erkin tushish tezlanishi. Balandlik h ni aniqlash uchun suyuqlik sirtining egrilik radiusini kapillyar radiusi g ga almashtiriladi: bunda: g — kapillyar radiusi, 9 — chegaraviy burchak, demak, h=2a/prg. Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenta qancha katta, kapillyar nayning radiusi bilan suyuqlik zichligi qancha kichik boʻlsa, kapillyar nayda suyuqlik shuncha baland koʻtariladi. Kapillyar hodisalar tabiatda, kundalik turmushda, texnikada katta rol oʻynaydi. Oʻsimliklarning oziqlanishi, organizmda moddalar almashinuvi, tuproq va yer osti suvlarining koʻchishi, gʻovak moddalarning suv shimishi, texnikada keng tatbiq qilinadigan flotatsiya (mas, foydali qazilmalarni boyitish) jarayoni Kapillyar hodisalarga bogʻliq.

Kapillyar hodisalarni birinchi boʻlib Leonardo da Vinchi (16-a.), soʻngra B. Paskal (17-a.) va J. Jyuren (18-a.) kapillyar naychalar bilan tajribalar oʻtkazayetganda kashf etishgan. Kapillyar hodisalar nazariyasini T. Yung (1805), P. Laplas (1806), J. U. Gibbs (1875) va I. S. Gromeka (1879, 1886) ilmiy ishlarida rivojlantirganlar.

Ad.: Adam N. K., Fizika i ximiya poverxnostey, per. s ang., M., 1947; Gromeka I. S, Sobr. soch., M., 1952; Fisher I. 3., Statisticheskaya teoriya jidkostey, M., 1961; S ivu xin D. V., Obshiy kurs fiziki, t. 2, M., 1975.


Lotin alifbosida maqola: KAPILLYAR HODISALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SIRT TARANGLIK
QAVARIQ JISM
QATTIQ JISM
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты